Oʻxshash lekin, turli psixologik muammolar
Tajribasiz psixologlar baʼzan murakkab va oʻxshash koʻrinadigan turli muammolarni bir-biri bilan adashtirib yuborishi, natijada esa mijozga noto’g’ri tashxis qo’yishi mumkin.
Misol uchun: Mijozda tashqi tomondan depressiyaga oʻxshash belgilar bor va psixolog mijozga depressiya deb tashxis qoʻydi. Aslida esa mijozda, depressiyaning baʼzi belgilarini oʻzida aks ettiruvchi, kayfiyatning qisqa muddatli oʻzgarishi bilan bogʻliq muammo boʻlishi mumkin. Ushbu kayfiyatning qisqa muddatli oʻzgarishi, depressiyadan koʻra ancha yengil holat boʻlib, bir terapiya yoki seansning oʻzida yechim topilishi mumkin. Depressiyaga esa odatda, katta terapiya va koʻproq seans talab etiladi.
Quyida ayrim keng tarqalgan adashtirishlarni keltirib oʻtaman:
1. Depressiya va kayfiyatning qisqa muddatli oʻzgarishlari: Tajribasiz psixologlar baʼzida depressiyani odatiy kayfiyatning qisqa muddatli oʻzgarishlari bilan aralashtirib yuborishlari mumkin. Depressiya uzoq muddatli va davomiy boʻlib, kundalik faoliyatga taʼsir koʻrsatishi kerak, qisqa muddatli kayfiyat oʻzgarishlari esa tezda qaytadi.
· Ikkala holatda ham odamning kayfiyati pasaygan boʻladi.
· Mijozlar odatda umumiy qiziqish va motivatsiyaning pasayishini his qilishadi.
· Ikkala holat ham odamni kundalik hayotga qiziqishni yoʻqotishiga olib kelishi mumkin.
2. Travmatik stress va tashvish buzilishlari: Baʼzan travmatik hodisalardan keyin kelib chiqqan simptomlar tashvish buzilishlari bilan adashtirilishi mumkin. Ikkala holatda ham odam bezovtalanadi, lekin travmatik stress odatda travma bilan bogʻliq boʻlib, xotiralar va “flashback”lar bilan kechadi.
· Ikkala holat ham bezovtalik va ortiqcha xavotir bilan bogʻliq.
· Uyqu muammolari va konsentratsiyani yoʻqotish bu holatlarda keng tarqalgan.
· Travma va tashvish buzilishlari ikkalasi ham odamning ijtimoiy hayotiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
3. DYGB (Diqqat Yetishmovchiligi va Giperaktivlik Buzilishi) va oʻsmirlikdagi odatiy diqqat buzilishlari: Oʻsmirlik davrida odatiy diqqat buzilishlari bilan DYGBni adashtirish mumkin. DYGB diqqat va impulsivlikning uzoq muddatli muammolari bilan ajralib turadi.
· Diqqatni jamlashda qiyinchilik va chalgʻish bu ikki holatda ham uchraydi.
· Giperaktivlik va impulsivlik oʻsmirlik davrida va DYGBda ham namoyon boʻlishi mumkin.
· Oʻqishda yoki ishda muvaffaqiyatsizlik bu holatlarda oʻxshash boʻlishi mumkin.
4. Shizofreniya va chegaradagi shaxsiyat buzilishi (BPD): Ikkala holat ham oʻzaro mojarolar, gʻazab yoki impulsiv harakatlar bilan ifodalanishi mumkin, lekin shizofreniya odatda reallik bilan aloqani yoʻqotish va gallyutsinatsiyalar bilan kechadi, BPD esa barqaror boʻlmagan his-tuygʻular va munosabatlar bilan bogʻliq.
· Ikkala holatda ham kuchli hissiy oʻzgarishlar va ijtimoiy munosabatlarda qiyinchiliklar kuzatiladi.
· Notoʻgʻri idrok va reallikdan uzoqlashish shizofreniya va BPDda boʻlishi mumkin.
· Oʻziga zarar yetkazish tendentsiyalari ikki holatda ham uchrashi mumkin.
5. Travma va shaxsiyat buzilishlari: Travma belgilarini shaxsiyatning xususiyatlari bilan adashtirish mumkin. Masalan, travma bilan bogʻliq hissiyotlarni, notoʻgʻri ravishda paranoid shaxsiyat buzilishi yoki boshqa shaxsiyat xususiyatlari deb talqin qilinishi mumkin.
· Travma va shaxsiyat buzilishlarida hissiy reaksiya odatiy holatdan oʻta qattiq boʻlishi mumkin.
· Oʻz-oʻzini idrok qilish va oʻzini anglashda muammolar uchraydi.
· Oʻtmishdagi ogʻir tajribalar bu ikki holatda ham psixologik belgilarni kuchaytirishi mumkin.
6. Panika va yurak kasalliklari: Panik atakalar yurak kasalliklari simptomlariga oʻxshab koʻrinishi mumkin, bu esa notoʻgʻri tashxis qoʻyilishiga olib kelishi mumkin.
· Ikkala holatda ham yurak urishi tezlashishi, nafas olish qiyinlashishi va koʻkrakdagi noqulaylik hissi mavjud boʻladi.
· Mijoz panik ataka va yurak kasalliklarida ham oʻlim qoʻrquvini boshdan kechirishlari mumkin.
· Panik atakalar va yurak xurujlari simptomlari juda oʻxshash boʻlishi mumkin.
7. Obsessiv-kompulsiv buzilish (OCD) va perfeksionizm: Perfeksionizm va OCD oʻxshash boʻlishi mumkin, lekin OCDning asosiy belgilari obsesif fikrlar va kompulsiv harakatlardir, perfeksionizm esa yuqori standartlarga ega boʻlish bilan bogʻliq.
· Ikkala holatda ham yuqori talabchanlik va harakatlarda aniqlik, takrorlanish mavjud.
· OCD va perfeksionizmda ham odam oʻzini yomon his qilmaslik yoki xato qilmaslik uchun katta kuch sarflaydi.
· Har ikkala holatda ham ijtimoiy hayotda qiyinchiliklar va stress oshishi mumkin.
8. Isterik shaxsiyat buzilishi va chegaradagi shaxsiyat buzilishi (BPD): Ikkala holat ham hissiy beqarorlik bilan ifodalanishi mumkin, ammo BPD chuqurroq munosabatlarda barqarorlik yoʻqligi va oʻz-oʻziga zarar yetkazish bilan ajralib turadi.
· Ikkala holat ham kuchli va tez-tez oʻzgarib turadigan his-tuygʻular bilan ajralib turadi.
· Diqqatni oʻziga qaratishga intilish har ikkala holatda ham kuchli boʻlishi mumkin.
· Ikkala holatda ham odam oʻz munosabatlarida beqaror va impulsiv boʻlishi mumkin.
Yuqoridagi koʻrib chiqqan oʻxshashliklarimiz real hayotda juda koʻp uchraydi. Ularni farqlash uchun esa albatta birinchi navbatda, diagnostikani toʻgʻri tashkil qilish zarur. Agar ishonchingiz komil boʻlmasa, yana bir bor diagnostika qilishni yoki boshqa tajribali psixologdan yordam soʻrashni tavsiya qilaman. Mijozning hayoti bilan oʻynashmang. Notoʻgʻri tashxisdan har doim mijoz jabr chekadi.