Ochiqlik va tizimlilik: 2025-yilda "Shurtan GKM" MCHJda axborot siyosatini amalga oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar tahlili
2025-yil davomida “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Axborot tahlil bo‘limining Ommaviy axborot vositalari bilan ishlash guruhi tomonidan Majmua faoliyatini OAVda tizimli yoritish, jamoatchilik bilan axborot aloqalarini mustahkamlash hamda ichki kommunikatsiya tizimini rivojlantirish yo‘nalishlarida izchil va samarali ishlar amalga oshirildi.
Hisobot davrida tayyorlangan axborot mahsulotlari, shuningdek, o‘tkazilgan tadbirlar ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam ravishda yoritilib, keng jamoatchilikka tezkor va ishonchli axborot yetkazilishi ta’minlandi. Jumladan:
1. Axborot mahsulotlari
2025-yil davomida Majmua faoliyatini yoritishga qaratilgan quyidagi axborot mahsulotlari tayyorlandi va e’lon qilindi:
- Televideniya orqali yoritilgan materiallar – 19 ta;
- “Xabarchi” gazetasining elektron nashrida e’lon qilingan materiallar soni – 12 ta;
Mazkur axborot mahsulotlari orqali Majmuada amalga oshirilayotgan islohotlar, ishlab chiqarish jarayonlari hamda ijtimoiy hayotga oid yangiliklar keng yoritildi.
2. OAV bilan hamkorlik ishlari
Ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida quyidagi tadbirlar tashkil etildi:
- OAVda chiqishlar – 31 ta;
- Matbuot anjumani – 1 ta;
- OAV vakillari uchun seminarlar – 2 ta;
- Brifing – 2 ta;
- Press-turlar – 2 ta.
Mazkur tadbirlar OAV vakillarining Majmua faoliyati bilan yaqindan tanishishi hamda axborot almashinuvi samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
3. Dizayn va vizual kommunikatsiya ishlari
Vizual kontent sifatini oshirish va korporativ imijni mustahkamlash yo‘nalishida:
- Bannerlar dizayni – 25 ta;
- Taqdirlanuvchilar uchun diplom, sertifikat, tashakkurnoma va faxriy yorliqlar dizayni – 13 ta;
- Majmuada taqdirlanadigan nomzodlar uchun tayyorlangan portret fotosuratlar – 45 ta amalga oshirildi.
4. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ichki kommunikatsiya
Ichki kommunikatsiyani rivojlantirish maqsadida xodimlar bilan bog‘liq ijtimoiy ahamiyatga ega kontentlar muntazam joylashtirildi. Jumladan:
- Xodimlarning tug‘ilgan kunlari munosabati bilan tayyorlangan tabrik postlari – 365 ta;
- Nafaqaga kuzatish marosimlari haqidagi postlar – 90 ta;
- E’tirof ruknidagi materiallar – 20 ta;
- “Matbuot xizmati nigohida” ruknidagi materiallar – 15 ta.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, 2025-yil davomida OAV bilan ishlash guruhi tomonidan olib borilgan tizimli va izchil faoliyat natijasida Majmua faoliyatining axborot qamrovi sezilarli darajada kengaydi, vizual va axborot kontenti sifati oshirildi hamda jamoatchilik va xodimlar bilan samarali va barqaror axborot aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ