December 17

Shurtan gaz kimyo majmuasida “BREYN-RING” intellektual shousining yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi

“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda ishchi-xodimlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash hamda o‘z iqtidorlarini har tomonlama namoyon etishiga imkoniyat yaratish maqsadida har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan “Breyin-ring” intellektual shousining yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki yarim final bellashuvida Ma'muriy boshqaruv apparatining yoshlaridan iborat bo'lgan "PROGRESS" jamoasi, Umumiy ovqatlanish tsexining "OSHPAZLAR" jamoasi, Polietilen ishlab chiqarish tsexining "NASAF" jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

3 raund davom etgan mazkur intellektual shou natijasiga ko‘ra Umumiy ovqatlanish tsexining "OSHPAZLAR" jamoasi 9 ball bilan bellashuv g‘olibiga aylandi.

“BREYN-RING” intellektual shousining birinchi yarim final bellashuvi natijalari:

Ikkinchi bellashuvda Tayyor mahsulotlar va xom ashyo tsexining "KONDENSAT" jamoasi, Oqova suvlarni tozalash tsexining "ZILOL" jamoasi, SX, SS, M va AMM boshqarmasining "ABSOLYUT" jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

Mazkur bellashuv natijasiga ko‘ra Tayyor mahsulotlar va xom ashyo tsexining "KONDENSAT" jamoasi, 6 ball bilan bellashuv g‘olibiga aylandi.

“BREYN-RING” intellektual shousining ikkinchi yarim final bellashuvi natijalari:

Uchinchi bellashuvda Bug‘ gaz havo ta’minoti tsexining "ENERGY" jamoasi, Zavod markaziy laboratoriyasining "KIMYOGARLAR" jamoasi, Avtotransport bilan ta’minlash xizmatining "TRANSPORTCHILAR" jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

O'yin natijasiga ko‘ra Avtotransport bilan ta’minlash xizmatining "TRANSPORTCHILAR" jamoasi 7 ball bilan bellashuv g‘olibiga aylandi.

“BREYN-RING” intellektual shousining uchinchi yarim final bellashuvi natijalari:

So'ngi yarim final bellashuvida Ishlab chiqarish dispetcherlik xizmatining "ARISTOKRATLAR" jamoasi, Ichki suv ta’minoti tsexining "OBI-HAYOT" jamoasi, Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish tsexining "AVTOMATIKA" jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

Ushbu bellashuvda Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish tsexining "AVTOMATIKA" jamoasi 4 bal bilan g‘olib bo'ldi.

“BREYN-RING” intellektual shousining to'rtinchi yarim final bellashuvi natijalari:

Qiziqarli bahs-munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvlarda tomoshabinlar bilan ham “o‘yin ichida o‘yin” o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan intellektual savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga Kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shu bilan mazkur intellektual o‘yinning joriy yilgi mavsumidagi barcha saralash va yarim final bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi va quyidagi jamoalar final bellashuvida “Breyn-ring – 2025” kubogi uchun o‘zaro kuch sinashadilar:

  • Umumiy ovqatlanish tsexining “OSHPAZLAR” jamoasi;
  • Tayyor mahsulotlar va xom ashyo tsexining “KONDENSAT” jamoasi;
  • Avtotransport bilan ta’minlash xizmatining “TRANSPORTCHILAR” jamoasi;
  • Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish tsexining “AVTOMATIKA” jamoasi.

Final bahsida ishtirok etuvchi barcha jamoalarga omad tilaymiz!

“BREYN-RING” intellektual shousi yarim final bahslaridan fotolavhalar:

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|