2025-yilda “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJga kelib tushgan murojaatlarning tahlili va ijrosi
O‘tgan 2025-yil davomida “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 459 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarning 447 tasi (97.3%) jismoniy shaxslardan va 12 tasi (2.7%) yuridik shaxslardan kelib tushgan bo‘lib, ularning 91 tasi (19,8%) elektron, 235 tasi (51,2%) yozma va 133 tasi (29%) og‘zaki murojaatlardir.
Ro‘yxatga olingan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar:
- 148 tasi (32,2%) ishga kirish;
- 75 tasi (16,3%) ish haqi;
- 28 tasi (6,1%) mehnat munosabatlari;
- 25 tasi (5,4%) uy-joy masalalari;
- 24 tasi (5,2%) moddiy yordam ajratish;
- 159 tasi (34,6%) boshqa masalalarni tashkil etdi.
Mazkur murojaatlarning 106 tasi qanoatlantirilgan, 351 tasi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan, 2 ta murojaat tegishliligiga ko‘ra boshqa tashkilotlarga yuborilgan.
Shuningdek, Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalaridan jami 67 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning barchasi ijrochilar tomonidan muddatida o‘rganib chiqilib, murojaat mualliflariga belgilangan tartib asosida javob xatlari yuborilgan.