January 8

"Shurtan GKM" MCHJ tokar lavozimi uchun tanlov e'lon qiladi

“Shurtan gaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati mavjud ehtiyojdan kelib chiqib, tokar lavozimidagi bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov o‘tkazadi.

Lavozimga qo‘yiladigan talablar:

  • Texnik adabiyotlar va ma’lumot jadvallaridan foydalana olish, chizmalarni o‘qish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  • Metall turlari va ularning klassifikatsiyasini bilish;
  • Berilgan topshiriqqa muvofiq ish asboblarini to‘g‘ri tanlay olish;
  • Turli xil tokarlik-vint kesuvchi dastgohlarda ishlashni bilish (raqamli dasturiy boshqaruvga ega (CHPU) dastgohlarda ishlay olish ustunlik beradi);
  • Moylash va sovutish suyuqliklarining xususiyatlarini tushunish;
  • Kesuvchi asboblardan foydalanish tartibi va qoidalarini bilish;
  • Rezetlar va sverlolarni o‘tkirlash hamda dastgohga o‘rnatish qoidalarini bilish;
  • Elektr uskunalarining tuzilishi va ishlash qoidalarini yaxshi bilish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Ma’lumoti — o‘rta maxsus;
  • Ushbu sohada malakaga egaligini tasdiqlovchi diplom yoki sertifikat mavjud bo‘lishi;
  • Mazkur sohada kamida 1 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • Yosh chegarasi: 18–40 yosh.

Tanlov uchun rezyumelar 2026-yil 9-yanvardan 2026-yil 16-yanvargacha qabul qilinadi.

Rezyumeni quyidagi havola orqali yuborishingiz lozim.

Murojaat uchun telefon raqami: +998 75 552 44 86

Qat’iy eslatma: belgilangan talablarga mos kelmaydigan nomzodlarning rezyumelari ko‘rib chiqilmaydi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|