Shahboz To'yev
@shodiyeva
1 post

Yoshlar – Yangi O‘zbekiston tafakkuri va ishonchi

Prezidentimiz bilan uchrashuvdan qalbda qolgan satrlar Bugun tarix menga bir sahifa yozish imkonini berdi. Bu sahifaning eng boshida esa — Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv turadi. Har qanday yosh uchun Prezidentimiz bilan muloqotda bo‘lish, uning fikr va ishonchini bevosita eshitish — bu nafaqat orzu, balki ichki mas’uliyatning uyg‘onishidir. Men — yosh o‘qituvchiman. Ona tili va adabiyot fani orqali nafaqat bilim, balki milliy ruh, qadriyat va tafakkurni yosh avlod qalbiga joylab kelayotgan oddiy ustozman. Shu bilan birga, qalam tutgan, satrlar bilan yurak gaplarini yozadigan shoiraman. Yurt taqdiriga befarq bo‘lmagan, siyosiy jarayonlarga faol kirib borayotgan, kelajakni yuragi bilan ko‘ra oladigan...