Yapon tilidan oʻzbek tiliga anime tarjima qilaman! Narx-navo haqida batafsil ma’lumotga ega boʻling
Birlamchi manba boʻlmish yapon tilidan sifatli tarjima qilingan anime kerak boʻlyaptimi? Toʻgʻri odamingizni topdingiz! Mazkur maqolada sizga birlamchi va ikkilamchi manbalardan tarjima qilingan ishning asosiy farqlaridan tortib, mayda ikir-chikirlarigacha batafsil ma’lumotlarni beraman. Maqola sizga albatta manfaatli boʻladi!
Faqat narx qiziqtirayotgan boʻlsa, tezda bilish uchun bu yerga oʻting.
Nima, ruscha yoki inglizchadan tarjima qilingan anime boʻlmaydimi?
Albatta boʻladi. Tarjimonning ruscha yoki inglizcha til bilish qobiliyatlariga, tarjimonlik faoliyatidagi bir necha yillik tajriba va malakasiga qarab, shunda ham birlamchi tilga tayanmagan holda sifatli anime tarjima qila olishi mumkin.
Lekin tarjima qilinayotgan material birlamchi tildan tarjima qilinsa, tarjimadagi tafovut (farq) sezilarli darajada kamayadi. Ya’ni birlamchi manbada:
- hikoyadagi obrazlar ohangi, f’el-atvori,
- xususiy terminlarning aniq va toʻgʻri tarjimasi,
- obrazlar vaziyatga qarab ishlatgan hazil, imo-ishora, sheva, soʻzlashuv uslubidagi aniqlik,
- joy nomlarining, ismlarning birlamchi hamda toʻgʻri shakli
kabi qator muhim xususiyatlari aks ettirilgan boʻladi. Ularni asliligicha, ortiqcha boʻrttirishlarsiz, gʻaliz tarjimadan yiroqlashgan holda oʻzbek tiliga eng mos muqobilini (alternativa) topib tarjima qilish – tarjimonga yuklatilgan asosiy vazifalardan boʻlibgina qolmay alohida bir mahoratdir.
Ikkilamchi manbadan tarjima qilingan ishning kamchiliklari nimada?
Ikkilamchi manbadan tarjima qilish deganda, boshqa tarjimon tomonidan avval tarjima qilingan ishni olib tarjima qilish nazarda tutiladi. Bunda bir qancha kamchiliklar yangi tarjimonga toʻsqinlik qiladi:
- birinchi tarjimonning qanchalar tajriba-malakaga egaligiga qarab, shunga yarasha sifatda tarjima qilingan material bilan ish koʻrishga toʻgʻri kelishi;
- birinchi tarjimonning sharhlari, izohiga tayangan holda tarjima qilishga toʻgʻri kelishi;
- ruschaga oʻgirilgan boʻlsa, rus tiligagina xos tushunchalardan foydalanilgan holda nozik soʻzlar, terminlar, ismlar, joy nomlarini oʻgirishda katta tafovutga tayyor turish;
- har bir obrazning oʻziga xos ohangi, xatti-harakati, temperamenti birinchi tarjimon tomonidan qanday tasvirlangan boʻlsa, tarjimada oʻsha tavsifgagina tayanib qolish.
Birlamchi manba tarjimonida bunday muammolarga yechim shundoq qoʻl ostida boʻladi. Zero u birlamchi materialga toʻgʻridan toʻgʻri yuzlanadi. “Birinchi tarjimon bu yerda nima demoqchi boʻlgan ekan-a”, deb qisqa va qimmat vaqtini vositachining tarjimasi tahliliga ketkazmay, toʻgʻridan toʻgʻri asli manbadagi hikoya obrazlari ichki kechinmalarini, vaziyatni sinchiklab oʻrganadi.
Natija ham albatta shunga yarasha sifat bilan birga keladi.
Sifatli tarjima xohlasangiz…
Biror bir kompaniya, fandab yoki xususiy blog egasimisiz? U holda uning nufuzi, nomi, qadri, oʻrni haqida doim qaygʻurib borishingiz kerak. Zero sifatni koʻzlamasangiz, raqobatchilardan oʻzishga urinmasangiz, bir joyda qotib qolib, bir xillikka yopishsangiz, omma orasida tanilish chetda tursin, 50 tacha odamning e’tiborini torta olishingiz ham amri mahol.
Nima qilish kerak? Iloji boricha asli manbaga tayanish tarjimonlikda eng maqbul yechimdir: yapon anime seriyallari, kinolarimi? Yapon tilidan tarjima qildirgan ma’qul. Ingliz tilida Amerika multfilmlarimi? Nega birlamchi manbasidan sifatli tarjima qildirmas ekansiz?
Men sizga oʻz yechimlarimni taqdim etaman
Kamina yapon tilini 3 yildan beri oʻrganib keladi. Tarjimonlikda esa 2 yildan oshiq tajribaga ega. Avval AniblaTV'da animelar tarjima qilib kelganman. Boʻsh vaqtlarimda telegram kanalimda yapon tilidan qoʻllanmalar yozib borganman.
Nega meni tanlashingiz kerak? 3 ta ASOSIY sabab:
- Oʻzbek tili savodxonligidan ancha xabarim bor. Imloviy xatolardan yiroqman. Raqobatchilaringiz oldida birorta kamchiligingiz boʻlmasligini istaysizmi? Imloviy xatosiz yozadigan odam qidirishdan boshlang.
- Tarjimada 2 yildan oshiq tajribaga egaman. Bu sohaning koʻp jabhalarida oʻzimni chiniqtirib, malaka oshirib keldim. Sifat bilan tubdan ajralib turgingiz kelyaptimi? Malakali kadr qidiring.
- Fandabmisiz? Fandab qanday ishlashi kerakligini besh barmogʻimdek bilaman. Tarjimadan tashqari AniblaTV'da 2 yillik bebaho koʻnikmalarim, tajribalarim orqali foydali va real maslahatlarimni siz bilan ulashaman. Raqobatchilar oldida men bilan sira ikkilanmang!
1-YECHIM
- 24 soat ichida chiqarib beriladi: bir kun toʻliq vaqt ajratiladi va 24 daqiqali bitta anime qismi tezda tayyorlab beriladi.
- Yuqori sifat saqlanib qoladi: tarjimaga 4-8 soat ketsa, yana qoʻshimcha 2-4 soat koʻrib chiqish, tahrir ishlariga ajratiladi.
- Natijani ikkita variantda oling: istasangiz, ham
.ass
subtitr fayli, ham hardsub video qilib beraman. Vaqt tigʻiz boʻlsa,.ass
faylining oʻzi tavsiya qilinadi. - Fandab boʻlsangiz, fandabni boshqarish, sifatni oshirish toʻgʻrisida har xil savollaringizga javoblar, tavsiyalar berib boriladi.
💰 Narxi: har bir 24 daqiqalik qism uchun 400 ming soʻm.
2-YECHIM:
💰 Narxi: har bir 24 daqiqalik qism uchun 300 ming soʻm.
3-YECHIM:
💰 Narxi: har bir 24 daqiqalik qism uchun 250 ming soʻm.
Savollaringiz boʻlsa, hoziroq menga yozing! Hammasiga javob berishga harakat qilaman
🔗 Telegram: @sohro_desu
🔗 Kanalim: @aniwikiuzb
P. S. Diqqat! 1-YECHIMdagi dastlabki 12 ta har qaysi qism tarjimasiga 30% chegirma tayyor qilganman!
✳️ Eski narx: 400 ming soʻm.
✅ Yangi narx: endi 280 ming soʻm!
12 qismli animening 1-faslini ancha arzon narxda tarjima qildirb olish uchun ajoyib imkoniyat!