Hukumatimizning ona tilimizga bu qadar e’tibor berishi quvonarli hol, albatta. Chunki, tilimiz milliy rangini yo‘qotish bilan birga, taraqqiyotdan ham ancha orqada qolib kelyapti. Ta’bir joiz bo‘lsa, o‘zbek tili borgan sari, “dangasa”, “tekinxo‘r”, “qashshoq” tilga aylanib borayotir. Ilmiy salohiyati-ku, no‘lga tushib qolayozgan. Texnika, tibbiyot, internet, qishloq xo‘jaligi... kabi sohalar tilining holi ham shu. Hatto tilshunosligimizga oid atamalar ham chetdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinib, iste’molga kiritilmoqda. Xullas, tilimiz “tug‘may” qo‘ydi, faqat begonalarning “bola”sini asrash (yoki o‘ziniki qilib olish) bilan cheklanib qolmoqda. Albatta, bu holatga bizning o‘zimiz sababchimiz. Oldindan ta’kidlab o‘taman, tilimiz...