Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi: ko‘p qavatli uylar bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda yo‘llangan murojaatlar ijobiy hal etilganligi bo‘yicha RASMIY BAYONOT (2023-yil mart oyi holatiga)
Bosh sahifa | Русский язык
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev tomonidan yuqorida qayd etilgan muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish va kelgusida bunday holatlar qayta takrorlanmasligi va ularning oldini olish maqsadida tegishli masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi. Natijasi yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazish vazifasi topshirildi.
Mundarija/Содержание
Nurafshon shahri bo‘yicha murojaat
1. Millar | Rasmiy kanal telegramm kanalida 08 mart kuni “❗️CHIQINDIXONAGA AYLANGAN YERTO‘LA❗️” rukni ostida videodalil ko‘rinishda berilgan.
✍️ Natijasini o‘qish: 👉 1. Millar | Rasmiy kanal telegramm kanalida
Qibray tumani bo‘yicha murojaat
1. Millar | Rasmiy kanal telegramm kanalida 16 mart kuni “BOTQOQLIKKA AYLANGAN YERTO‘LA” rukni ostida videodalil ko‘rinishda berilgan.
✍️ Natijasini o‘qish: 👉 1. Millar | Rasmiy kanal telegramm 2. Qibray tuman hokimligi telegramm kanallarida
Bo‘stonliq tumani bo‘yicha murojaat
1. BO‘STONLIQ>Murojat va Yechimlari< telegramm kanalida 30 mart kuni“Birlik 12/ dom dan murojat.
Bustonlik tumani birlik 12 -dom Kun sayin suvga botmokda, Mana inson kadri xalk maxalliy axolini aytishicha PVX 32 dmli 50- metir plastmas shlankani xich Kim ulab bermayapti yekan.
Bustonlik Suv taminoti boshligi xam vazifasi bulmasada yordamga kelgani aytilmokda.
Bustonlik tumani kamunal soxalar buyicha masullar nega jim.” rukni ostida videodalil murojaat ko‘rinishda eʼloncha berilgan.
✍️ Natijasini o‘qish: 👉 1. BO‘STONLIQ>Murojat va Yechimlari< telegramm 2. Bo‘stonliq tuman hokimligi telegramm kanallarida
Nurafshon shahri bo‘yicha 1 ta murojaat
1. Millar | Rasmiy kanal telegramm kanalida 16 mart kuni “BOTQOQLIKKA AYLANGAN YERTO‘LA” rukni ostida videodalil ko‘rinishda berilgan (matn tahrirsiz eʼlon qilinmoqda).
Nurafshon shahri “Taraqqiyot” MFY, 10-ko‘p qavatli uy 1976-yilda qurgan bo‘lib, 5 qavatli 4 yo‘lakdan iborat.
“GLOBAL-NURAFSHON-SITY” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan “Taraqqiyot” MFY, 10-ko‘p qavatli uy atroflarida to‘planib qolingan chiqindilarni maxsus texnikalar orqali olib tashlanib, atrof-muhit obodonlashtirildi.
Shuningdek, 10-ko‘p qavatli uy yerto‘lasida nosoz holatga kelib qolgan oqova suv quvurlari taʼmirlanib, ohak mahsuloti sepib qo‘yildi.
“Toshkent suv taʼminoti” MCHJ Nurafshon shahar filiali tomonidan “Taraqqiyot” MFY, 10- ko‘p qavatli uyning yerto‘lasi va suv quvurlari tez-tez tozalanib kelinmoqda.
Maʼlumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 3- yanvardagi 3-sonli Qarori 1-ilovasi 4-bob:
13-moddasiga asosan, Billing tizimi boshqarish organi hamda joylar mulkdorlari va boshqa foydalanuvchilar o‘rtasida bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar, shuningdek, to‘langan majburiy badal va to‘lovlar, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bo‘yicha boshqa maʼlumotlar almashish jarayonidan iborat.
Boshqarish organlari tomonidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini billing tizimi orqali amalga oshirilishi majburiydir.
16. moddasiga asosan, Boshqarish organi tomonidan boshqaruv faoliyati billing tizimi orqali yuritilishi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Uy-joy fondi inspeksiyasi) tomonidan kuzatib boriladi.
Nurafshon shahri Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi axborot xizmati
Qibray tumani bo‘yicha 1 ta murojaat
1. Millar | Rasmiy kanal telegramm kanalida 16 mart kuni “BOTQOQLIKKA AYLANGAN YERTO‘LA” – rukni ostida videodalil ko‘rinishda berilgan (matn tahrirsiz eʼlon qilinmoqda).
Qibray tumani “Shalola” MFY, UzCHITI ko‘chasidagi 14- va 15- ko‘p qavatli uylar 1973- yilda qurilib, 4 qavatli 4 yo‘lakli 32 ta xonadondan iborat bo‘lib, tom qismi profnastil mahsuloti bilan qoplangan.
Qibray tumani “Shalola” MFY, UzCHITI ko‘chasida yangi ko‘p qavatli uylar qurilganligi sababli 14- va 15- ko‘p qavatli uylarning drenaj tizimi yopilib qolgan va bu holat ko‘p qavatli uylarning yer osti suvlarining sizib chiqishi oqibatida hamda markaziy oqova suv tarmoqlarida nosozliklar kelib chiqishi tufayli ushbu ko‘p qavatli uylarning yerto‘la qismida suv toshib ketish holatlari kuzatilmoqda.
Hozirgi kunga kelib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2021-yil 20-may kunidagi PQ–5118-son Qaroriga asosan yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan manzilda pudratchi “MAXIMUM STORY” MCHJ tomonidan 2500 m uzunlikdagi oqava suv tarmog‘ini tortish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda 1500 m oqova suv tarmog‘i tortilgan.
Qibray tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan ushbu 2500 m uzunlikdagi oqava suv tarmog‘ini tortish bo‘yicha tegishli tartibda ishlar olib borilishi bo‘yicha masʼul xodimlarga topshiriq berilganligi va o‘z nazoratida bo‘lishligini maʼlum qilinadi.
Maʼlumot uchun, “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ Qibray tumani filiali tomonidan Qibray tumani “Shalola” MFY, UzCHITI ko‘chasidagi 14- va 15- ko‘p qavatli uylarga maxsus moshina ajratilgan holda suv quvurlari tez-tez tozalanib kelinmoqda.
Qibray tumani Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi axborot xizmati
Bo‘stonliq tumani bo‘yicha 1 ta murojaat
BO‘STONLIQ>Murojat va Yechimlari< telegramm kanalida quyidagi mazmunda – Birlik 12/ dom dan murojat.
Bustonlik tumani birlik 12 -dom Kun sayin suvga botmokda, Mana inson kadri xalk maxalliy axolini aytishicha PVX 32 dmli 50- metir plastmas shlankani xich Kim ulab bermayapti yekan.
Bustonlik Suv taminoti boshligi xam vazifasi bulmasada yordamga kelgani aytilmokda.
Bustonlik tumani kamunal soxalar buyicha masullar nega jim. – deb, 30 martda videodalil murojaat ko‘rinishda eʼlon berilgan.(murojaat tahrirsiz eʼlon qilinmoqda).
Bo‘stonliq tumani “Bo‘ston” MFY Beruniy ko‘chasidagi 12-sonli ko‘p qavatli uy 1975-yilda qurilgan bo‘lib, 4 qavatli, 6 ta yo‘lakdan iborat.
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga kelib tushgan murojaat bo‘yicha manziliga chiqilib, muammoning asosiy kelib chiqish sababi va boshqa tamoyillari batafsil o‘rganildi.
Natijada, ushbu ko‘p qavatli uyga boshqaruv servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatmayotganligi sababli, uy mulkdorlari tomonidan kerakli bo‘lgan santexnika mahsulotlarini olib berilishi, boshqa hududda xizmat ko‘rsatuvchi BSK tomonidan ishchi kuchidan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kelishildi.
Diametri Ø 120 eski temir truba diametri Ø 50 politelin plasmassa trubaga almashtirildi.
Maʼlumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18-19 mart kunlari Toshkent viloyatiga tashrif davomida va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida berilgan topshiriqlar ijrosi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiya rahbari va O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri tomonidan 2021 yil 12 mayda tasdiqlangan 24-sonli bayonning 21-bandiga asosan ko‘p qavatli uy-joylarni joriy va mukammal taʼmirlash ishlari olib borilgan.
Bo‘stonliq tumani Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi axborot xizmati