October 24, 2022

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: ko‘p qavatli uylar bo‘yicha ijtimoiy (telegramm kanal) tarmoqlarda yo‘llangan murojaatlar ijobiy hal etilganligi bo‘yicha RASMIY BAYONOT

Bosh sahifa | Русский язык

oktabr - noyabr - dekabr

Mundarija/Содержание

  1. Yangiyo‘lliklar(rasmiy)®telegramm kanalida 3-oktabrda murojaat ko‘rinishda eʼlon berilgan.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga Fuqaro Vad Sav 9-oktabrda murojaat yo‘llagan.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining facebook.com/kommunal.uz ijtimoiy tarmog‘iga Fuqaro Gulnora Guli 25-sentabr kuni murojaat yo‘llagan.
  4. Angren - Zakon i Ravnopraviye.UZ ning facebook.com Ommaviy guruh ijtimoiy tarmog‘iga Fuqaro Lidiya Vanina 21-oktabr kuni murojaat yo‘llagan. (Jarayonda – uyning 2 ta kirish yo‘lagi mukammal taʼmirdan chiqarish esa BSKning 2023-yil ish-rejasiga kiritildi)
  5. Yangiyo‘lliklar(rasmiy)®telegramm kanalida 23 oktabrda murojaat ko‘rinishda eʼlon berilgan.
  6. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining facebook.com/kommunal.uz ijtimoiy tarmog‘iga Fuqaro Zafarjon Nigmatov 11-oktabr kuni murojaat yo‘llagan.
  7. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining facebook.com/kommunal.uz ijtimoiy tarmog‘iga Fuqaro Bexrus Xamrayev 17-oktabr kuni murojaat yo‘llagan. (Jarayonda–2023-yilning taʼmirlash dasturiga ushbu uylarning trotuar qismini taʼmirlash hamda tutash hududga bolalar maydonchasi qurish rejaga kiritiladi)
  8. Ангрен - Закон и Равноправие.UZ telegramm kanalida quyidagi mazmunda – "Во вторник,по заявке жителей дома 29 в квартале 5/1б приехала аварийка с рабочими.Течь на трубе устранили забив чопик.А потом на той же трубе раскрутили болты на флянцах двух задвижек.Там всё было нормально,даже не капало.В 16ч40 мин двое рабочих слезли с трубопровода,забрали лестницу и ушли.То,что оставили после себя смотрите на видео." – deb, 27 oktabrda murojaat ko‘rinishda eʼlon berilgan.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani bo‘yicha murojaat

Yangiyo‘lliklar(rasmiy)® telegramm kanalida quyidagi mazmunda – Tom yopilmaydimi endi?
"Assalomu aleykum Men Toshkent viloyati Yangiyul tumani Gulbaxor Sharof Rashidov 1a 7xonadonda istikomat kilaman. 2022-yil yanvar oyida kup kavatli uyimizning tomini axoliga xech kanday ogoxlantirishsiz ochib tashlangan.Maksad yangi Tom bilan taminlanadi deyilgan edi. Maxalla raisi Shoira opa shirkat xodimlari Nigora opa va Xokimiyat xodimi Olim akaga murojat kilsak karzdorlik bulganligi uchun tom yopilmidi 1A dom yillik karzdorligi yopilsa keyin yopiladi deb tushuntirishdi". – deb, 3-oktabrda murojaat ko‘rinishda eʼlon berilgan (murojaat tahrirsiz eʼlon qilinmoqda).

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i tomonidan yuqorida qayd etilgan muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish va kelgusida bunday holatlar qayta takrorlanmasligi va ularning oldini olish maqsadida tegishli masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi. Natijasi yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazish vazifasi topshirildi.

“Gulbahor” MFY Sharof Rashidov ko‘chasi 1a-uy, 1965-yilda qurilib, 48 ta xonadon 6 ta yo‘lakli, umumiy maydoni 1565 metr kvadratdan iborat bo‘lib, “Mumtoz Servis Yangiyo‘l tumani” boshqaruv servis kompaniyasi(BSK) xizmat qiladi.

Sharof Rashidov ko‘chasi 1a-sonli ko‘p qavatli uyga “Mumtoz Servis Yangiyo‘l tumani” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan quyidagi ishlarni xizmat ko‘rsatgan:

– uyning kirish yo‘laklari 880 metr kvadrat beton qoplama yotqizildi;

– framuga oynalar o‘rnatildi;

– markaziy suv tizimiga ulandi.

Shuningdek, Prezident administratsiyasining 24-bayon asosida Viloyat injiniring kompaniyasi tomonidan “BIZNES BARAKA STROY” MCHJ pudratchi tashkilotga biriktirilgan.

Ushbu pudratchi tomonidan ko‘p qavatli uyning tom qismi 2021-yil dekabr-yanvar oylarida karkaslar o‘rnatilgan bo‘lib, tegishli tashkilotlar tomonidan yetarli mablag‘lar o‘tkazilmaganligi sababli, profnastil material xomashyosi bilan yopish pudratchining qurilish-taʼmirlash ish rejasiga muvofiq amalga oshirilmasdan qolindi.

“Mumtoz Servis Yangiyo‘l tumani” boshqaruv servis kompaniyasi ishchi-xodimlari Sharof Rashidov ko‘chasi 1a-sonli ko‘p qavatli uyning tom qismi yumshoq folgoizol qoplamasi joriy taʼmirdan chiqardi.

Maʼlumot uchun, Sharof Rashidov ko‘chasi 1a-sonli ko‘p qavatli uyning tom qismi 2021 yil oktyabr oyda yumshoq folgoizol qoplamasi bilan joriy taʼmirlandi. Shu yilning dekabr-yanvar oylarida karkaslar o‘rnatilgan.

FOTOLAVHALAR

Chirchiq shahri bo‘yicha 3 ta murojaatlar

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga Fuqaro Vad Sav quyidagi mazmunda – Salom. Toshkent viloyati Chirchiq, 4-mikrorayon, 28-uy, Turon 35-sonli mahalla, shirkat "ENG ZOR" BSK. Sizga uzoq vaqtdan beriuyimizning muammolari hal etilmaganiuchunyozmoqdamiz, xususan: 1. Uyning yerto‘lasida kanalizatsiya tizimi eskirgan, oqova suvlar bir necha yillardan buyon u yerga qo‘shilib, antisanitariya manbai bo‘lib, najasning zaharli hidi barcha kirish va xonadonlarga tarqaladi. Mazkur holat yuzasidan uy komissiyasi va xonadon ahli shirkat va mahallaga doimiy ravishda murojaat qilsa-da, hozircha bu masalaga tub yechim topilmagan. 2. 3 va 4-qavatlar sovuq suv bilan ta‘minlanmagan, suv bosimi yo‘qligi sababli. 3. Yo‘lak ichida to‘g‘ri yoritish yo‘q, garchi uyda yashovchilarning aksariyati o‘rta yoshli odamlar va nafaqaxo‘rlardir. Bu borada shirkat va mahallaga ham bir necha bor og‘zaki va yozma murojaat qilgan bo‘lsak, hozircha faqat va‘dalar eshityapmiz. Davlat xizmatlarining bunday qoniqarsiz sharoitlarida uyimiz 1 kvadrat uchun ijara haqi ko‘tarildi. metr 1300 so‘mgacha, bu bizning hududdagi uylar orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir. Uy aholisi norozi va mavjud bo‘lmagan xizmatlar uchun ijaraning ma‘nosini tushunishmaydi. Ushbu muammolarning mohiyatini tushunishga yordam berishingizni va ularni bartaraf etish bo‘yicha real samarali choralar ko‘rishingizni so‘rayman. Domkom Zubaeva Mavlyuda +998973469028 Vadim Savchenko (11-kvartira) +998973469028 – deb, murojaat yo‘llagan. (Fuqaroning murojaati tahrirsiz eʼlon qilinmoqda).

Chirchiq shahri, 4-kichik nohiya, “Turon” MFY 28-ko‘p qavatli uy, 1971-yilda qurilib, 4 qavat, 4 ta kirish yo‘lagi va 40 ta xonadondan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 3880.2 metr kvadratni tashkil etadi.

“Eng zo‘r” BSK boshqaruv servis kompaniyasi(BSK) 2022-yil 14-iyulda tashkil etilib, 46 ta ko‘p kvartirali uylarga xizmat qiladi.

“Eng zo‘r” BSK tomonidan tezkor tadbiri natijasida, “Turon” MFY 28-ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismi mukammal tozalanib, dezinfeksiya ishlari olib borildi.

Shuningdek, uyning 4 ta kirish yo‘lagida yoritgich tizimlari noyabr oyida to‘liq taʼmirlanadi.

4 qavatli 28-ko‘p qavatli uyning ichimlik suv quvurlarini mukammal taʼmirdan chiqarish esa BSKning 2023-yil ish-rejasiga kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining facebook.com/kommunal.uz ijtimoiy tarmog‘iga Fuqaro Gulnora Guli quyidagi mazmunda – Assalomu alaykum Toshkent viloyati Chirchiq Shahar 4 m/r 32 uy 38 honadondan murojat qivoman. Domimiz "Eng zor " BSK kompaniyasiga qarashli Bolib hozirgi kunda hokimiyat nazoratiga tushgan lekin kompaniya hech qanday ish qilmayopti 3 oy davomida hozirgi kungacha honadonimdagi issiq sovuq suvlarning turbalarini almashtirishini sorab kelmoqdaman shunga qaramay native bolmayapti. Domimizning oralari ochilib tamirtalab Bolin qolgan kuz qish mavsumida uylarimiz mogorlab zahlab ketadi uy atrofidagi daraxtlarni butalash kerak shamol bolganda tomni ochib yuborishi mumkin. Sizlardan iltimos domimiz sharoitini organib aholiga yordam berila. Egamova Gulnora +998903941144 – deb, murojaat yo‘llagan. (Fuqaroning murojaati tahrirsiz eʼlon qilinmoqda).

Chirchiq shahri, 4-kichik nohiya, “Turon” MFY 32-ko‘p qavatli uy, 1971-yilda qurilib, 4 qavat, 8 ta kirish yo‘lagi va 80 ta xonadondan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 3880,2 kvadrat metrni tashkil etadi.

Chirchiq shahar, 4-kichik nohiya, “Turon” MFY, 32-sonli ko‘p qavatli uyga “Eng zo‘r” BSK boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan quyidagi ishlarni xizmat ko‘rsatgan:

– BSK hamda Ekologiya qo‘mitasi Toshkent viloyati filiali xodimlari bilan hamkorlikda daraxtlarni butalash va hududni obodonlashtirish ishlari;

– 4 qavatli 32-sonli ko‘p qavatli uyning ichimlik suv quvurlarini mukammal taʼmirdan chiqarish uchun xomashyo mahsulotlari xarid qilindi;

– diametri Ø100 mm, uzunligi 50 m bo‘lgan yangi plastik quvurning qurilish-montaj ishlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining facebook.com/kommunal.uz ijtimoiy tarmog‘iga Fuqaro Zafarjon Nigmatov quyidagi mazmunda – Мен З.Нигматов Чирчиқ шахар 3 новха 9 уйда 55 хонадонда яшайман. Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш "Сабина плюс бону сервис" ширкат томонида 2020 йил сифатсиз таъмирлаш ишлари булганлиги сабабли уйимни том қисмидан сув ўтиб келмоқда. Бир нечабор юқори ташкилотларга(сектор рахбарлари)га мурожат қилишимга қарамай мен қилган мурожатни ижобий ҳал қилмай турли хил важлар билан алдаб келмоқда. Уй-жой муносабатлари масалалари юзасидан жойлардаги давлат ҳокимияти органлари фаолиятини мувофиқлаштириш ва Чирчиқ шаҳар ҳокимининг капитал қурилиш, коммуникациялар ва коммунал хўжалиги масалалари бўйича ўринбосари Рустам Ташходжаев; Тел: (91) 134-74-32. Штаб котиби – Чирчиқ шаҳар Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи Ризакул Ариповларга ; Тел: (90) 915-79-70. Телефон орқали бир неча бор мурожат қилишимга қарамай шу кунгача мурожатим очиқлигича қолмоқда. Менга берган вадалари буйича иккинчи чоракда 9 уйни том қисмини тўлиқ таминлаб берамиз "Сабина плюс бону сервис" ширкати билан биргалекда деган эди.
Кенг кўламда қурилиш-бунёдкорлик ишлари олиб борилаётир лекин биз истиқомат қиладиган 3новха 9 уй ҳудуда бу ишлар амалга оширилгани сизилмай турибди. Мен олдин бирнечта мурожаатим орқали бу муамоларни кўтарган эдим ва мурожаатим буйича ҳал қилиниши керак булган ишлар фақатгина қоғозда расмиятчилек учун, кўз буямачилик учунгина қилинмоқда, амалда шу кунгача бажарилмай кел моқдалар. Ҳудуд сектор рахбарлари ҳам бу масалада мурожат қилганман бир неча бор. Юқоридаги ҳолатларни инобатга олиб масул ташкелотлар мен яшаб келаётган хонадони том қисмини тамирлашга амалий ёрдам қилишларини сўраб, бу муамоларни жойида урганиб бартараф қилишга ёрдам беришнгизни сураб қоламан. – deb, 11 oktabr kuni murojaat yo‘llagan. (Fuqaroning murojaati tahrirsiz eʼlon qilinmoqda).

Chirchiq shahri, 3-kichik nohiya, “Kamolot” MFY 9-ko‘p qavatli uy, 1970-yilda qurilib, 4 qavat, 4 ta kirish yo‘lagi va 56 ta xonadondan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 3346 kvadrat metrni tashkil etadi.

Chirchiq shahri, 3-kichik nohiya, “Kamolot” MFY, 9-sonli ko‘p qavatli uyga 2019-yil “Sabina Bonu plyus servis” UJMSH tomonidan Xalq bank kreditlari asosida quyidagi ishlarni xizmat ko‘rsatgan:

– 4 ta kirish yo‘laklaridagi framuga oynalar akfa romlariga almashtirilgan;

– fasad qismi mukammal taʼmirlangan;

– 2017-18-yillarda tom qismi yumshoq folgoizol qoplamasi bilan joriy taʼmirlandi.

Kuni kecha UJMSH tomonidan 9-; 10-; 8-; 45-; 35-; 37-sonli ko‘p qavatli uylarning tom qismida chaki o‘tayotgan joylarini sement va Qora saqich (bitum) silent shebin plitka yelim (kley plitochni) mahsulotlari bilan joriy taʼmirlandi.

Maʼlumot uchun, Ushbu uylar uy-joy mulkdor shirkati tizimida bo‘lib, uyning tom qismi bugungi kunda taʼmirtalab hisoblanadi.

VIDEOLAVHA

FOTOLAVHALAR

Angren shahri bo‘yicha 2 ta murojaatlar

Ангрен - Закон и Равноправие.UZ ning facebook.com Ommaviy guruh ijtimoiy tarmog‘iga Fuqaro Лидия Ванина quyidagi mazmunda – Ангрен Хорезмская 21 Уважаемая УК 24/7 Обратите пожалуйста внимание на подъезды они находятся в ужасном состоянии – deb, 21-oktabrda murojaat yo‘llagan. (Fuqaroning murojaati tahrirsiz eʼlon qilinmoqda).

Angren shahar “Ozodlik” MFY Xorazm ko‘chasi 21-sonli ko‘p qavatli uy, 1961-yilda qurilib, 2 qavat, 2 ta kirish yo‘lagi va 12 ta xonadondan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 700 metr kvadratni tashkil etadi.

“ANGREN BOSHQARUV SERVIS KOMPANYA 24-7” BSK “Ozodlik”, “Go‘zal” MFY hududlaridagi 184 ta ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatadi.

“Hamkorlik” shirkati tomonidan 2018-yilda Xorazm ko‘chasi 21-sonli ko‘p qavatli uyning tom qismi shifer xomashyo mahsuloti bilan mukammal taʼmirlangan.

Ushbu uyning 2 ta kirish yo‘lagi mukammal taʼmirdan chiqarish esa BSKning 2023-yil ish-rejasiga kiritildi.

Ангрен - Закон и Равноправие.UZ telegramm kanalida quyidagi mazmunda – "Во вторник,по заявке жителей дома 29 в квартале 5/1б приехала аварийка с рабочими.Течь на трубе устранили забив чопик.А потом на той же трубе раскрутили болты на флянцах двух задвижек.Там всё было нормально,даже не капало.В 16ч40 мин двое рабочих слезли с трубопровода,забрали лестницу и ушли.То,что оставили после себя смотрите на видео." – deb, 27 oktabrda murojaat ko‘rinishda eʼlon berilgan (murojaat tahrirsiz eʼlon qilinmoqda).

Angren shahar 5/1 b dahaning 29-; 30-; 36-sonli ko‘p qavatli uyda Angren “Issiqlik energiyasi” DUKga qarashli Markaziy issiqlik tizimi quvurlari tezkor taʼmirlash ishlari yakunlandi.

Xususan, Angren shahridagi Markaziy issiqlik tizimi quvurlarini mukammal ishga tushirish natijasida, 5/1 b dahasi 29-; 30-; 36-ko‘p xonadonli uy hududidagi diametri Ø133 mm o‘lchamli issiqlik tarmoqlari quvurlari taʼmirtalabligi maʼlum bo‘ldi.

Joriy yilning 25-28-oktabr kunlari Davlat unitar korxonaning avariyaviy ishchi guruhi томонидан 29-; 30-; 36-ko‘p xonadonli uy hududidagi diametri Ø133 mm o‘lchamli 3,5 метр uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarining quvuri qisman almashtirilib, issiqlik tarmoqlari tizimidagi suvni to‘kish maqsadida, ochib-yopish moslamasining flyanslari bo‘shatildi.

Nosozlik bartaraf etilgandan so‘ng, ochib-yopish moslamalaridagi flyans qo‘shilmalari o‘z o‘rniga qotirildi.

Ohangaron shahri bo‘yicha murojaatlar

Янгийўлликлар(расмий)® telegramm kanalida quyidagi mazmunda – Оҳангаронда масъуллар эътиборини қаратиш ва ободликка чорловнинг дипломатик услуби. – deb, 23-oktabrda murojaat ko‘rinishda eʼlon berilgan (murojaat tahrirsiz eʼlon qilinmoqda).

Ohangaron shahar, 4-kichik nohiya,“Baxt” MFY 3-sonli ko‘p qavatli uy 4 qavatli 56 ta xonadon 6 ta kirish yo‘lagidan iborat.

Ohangaron shahar, 4-kichik nohiya, “Baxt” MFY, 3-sonli ko‘p qavatli uyga “Kelajak kompaniyasi” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan quyidagi ishlarni xizmat ko‘rsatgan:

– elektr shitlar;

– bolalar maydonchasi;

– kirish yulaklari beton;

– yoritgich chiroqlari o‘rnatilgan;

– tom qismi mukammal;

– uyning old qismi taʼmirlandi.

Maʼlumot uchun, 4-kichik nohiya, “Baxt” MFY, 3-sonli ko‘p qavatli uy mulkdorlarning murojaatlari kelib chiqsa, har bir kirish yo‘lagi(podyezd)ga “Kelajak kompaniyasi” boshqaruv servis kompaniyasi to‘g‘risidagi maʼlumotcha ko‘rinishda eʼlon osildi.

FOTOLAVHALAR

Zangiota tumani bo‘yicha murojaatlar

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining facebook.com/kommunal.uz ijtimoiy tarmog‘iga Fuqaro Bexrus Xamrayev quyidagi mazmunda – ZANGATA TUMANI BOG'I SHAMOL MAXALASIDA IKKI QAVATLIK UYDA SUV ICHIMLIK YO'Q VA DOPI CHIRIB KETKAN CHAK O'TIB KETADI BUYIL VA YO'LAKLAR BIR AHVOL VA DARAHLA HUNUK BO'P YOTIBTI 66DO'M VA 67DO'M ATROFLARI VA YO'LEKLAR QISHTA QIYIN AXVOL VA TIRANSPIRT BITA MASHURUTKA YURADI BETYAM KEB O'RGANILA ILTMOS – deb, 17-oktyabrda murojaat yo‘llagan. (Fuqaroning murojaati tahrirsiz eʼlon qilinmoqda).

“Bog‘zor” MFY M.Qoraqulov ko‘chasi 67-sonli ko‘p qavatli uy 1967 yilda qurilib, 20 ta xonadon 6 ta kirish yo‘lagidan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 1055.1 kvadrat metrni tashkil etadi.

Ushbu ko‘p kvartirali uy Zangiota tuman hokimligining 2021-yil byudjet mablag‘lari hisobidan tom, fasad hamda kirish yo‘laklari mukammal taʼmirlangan. Atrofidagi noqonuniy qurilmalar buzilib, obodonlashtirilgan.

Ushbu uylar o‘zini o‘zi boshqarish tizimida bo‘lib, uyning trotuar qismi bugungi kunda taʼmirtalab hisoblanadi.

2023-yilning taʼmirlash dasturiga ushbu uylarning trotuar qismini taʼmirlash hamda tutash hududga bolalar maydonchasini qurish rejaga kiritiladi.

Hozirgi kunda M.Qoraqulov ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarni Boshqaruv servis kompaniyaga tegishli tartibda biriktirish ishlari olib borilmoqda.

VIDEOLAVHA

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati