HTML / CSS / JavaScript
July 18, 2019

Kombinatorlar

Kombinator - selektorlar orasida ularning munosabatini, aloqasini ifodalaydian yoki ko'rsatadigan belgi.

CSS selektorlar bitta oddiy selektordan ko'proq selektorlarni o'z ichiga olishi mumkin. Oddiy selektorlar orasida biz kombinator qo'shishimiz mumkin:

  • avlod(descendant) selektor (bo'shliq)
  • bola(child) selektor (>)
  • eng yaqin tug'ishgan(adjacent sibling) selektor (+)
  • umumiy tug'ishgan (general sibling) selektor (~)

Avlod selektori

Avlod selektori barcha, belgilangan elementning barcha avlodlariga mutanosib bo'ladi.

Quyidagi namunada, <div> elementi ichidagi barcha <p> elementlarini tanlaydi:


Bola selektor

Bola selektor belgilangan elementning eng yaqin bola elementlarini tanlab oladi.

Quyidagi namunada <div> elementiga eng yaqin <p> elementini tanlab olgan:


Eng yaqin tug'ishgan selektor

Bu selektor belgilangan elementning barcha ikkilamchi tug'ishgan elementlarini tanlab oladi.

Tug'ishgan elementlarning bir xil ota elementi bo'lishi kerak. Adjacent - eng yaqin elementlardan keyingi element degan ma'noni bildiradi.

Quyidagi namunada, <div> elementidan keyin eng yaqin <p> elementi tanlab olinmoqda:


Umumiy tug'ishgan selektorlar

Umumiy selektorlar - belgilangan elementning barcha tug'ishgan elementlarini tanlaydi.

Quyidagi namunada <div> elementining tug'ishgan barcha <p> elementlarini tanlab olmoqda:

Sanjar Sobirjonov | t.me/tutorialsuz