CSS psevdo-elementi elementning belgilangan qismlarini stillash uchun ishlatiladi.
Ta'sir etuvchi sinflar(psevdo sinf) - dizayner tomonidan tanlangan selektorlarga effektlar qo'shish uchun ishlatiladi.
Kombinator - selektorlar orasida ularning munosabatini, aloqasini ifodalaydian yoki ko'rsatadigan belgi.
display: inline-block bilan display: inline ni taqqoslaganimizda, inline-block katta farq qilishi ya'ni u elementning width va height xossalarini kiritishga imkon berishini bilib olamiz. Bundan tashqari inline-block : top-bottom, margin-padding xususiyatlarni ham qo'llaydi, inline esa yo'q. display: inline-block bilan display: block ni taqqoslaganimizda, inline-block katta farq qilishi ya'ni elementdan keyin line-break(qator) tashlamasdan, bitta chiziqda yonma-yon elementlar joylashuvini ta'minlaydi.
clear - CSS xossasi esa qanday elementlar elementning yonida yoki qaysi tomonida turishi kerakligini belgilaydi.
float - CSS xossasi elementning qay tartibda ekranda turishi kerakligini belgilaydi.
CSS overfloe xossasi juda katta kontentni maydoni ichiga moslashtirishni nazorat qilish uchun ishlatiladi.
HTML sahifangizga ikon qo'shishning eng oddiy usuli, Font Awesome kabi ikon kutubxonalaridan foydalanish.
position - xususiyati element uchun ishlatiladigan joylashish turini bildiradi (statik, nisbiy, aniq, mutlaq yoki yopishqoq).