Box model
Barcha HTML elementlari box sifatida ko'rilishi mumkin. CSS da "quti modeli" termini dizayn va joylashuv uchun ishlatiladi.
CSS bloklar modeli bu har bir HTML elementini orab turuvchi blok. U margin, border, padding va content qismlaridan tashkil topgan.
Model qismlarining tavsifi:
Content - blokning kontenti yani matn va rasmlar joylashadigan qismi.
Padding - Content atrofidagi sohani tozalovchi shaffof qism.
Border - Content va Padding atrofidagi hoshiya.
Margin - Border atrofidagi sohani tozalovchi shaffof qism.
Box modeli yordamida elementlar atrofiga chegara qo'shishimiz va elementlar orasidagi masofani belgilashimiz mumkin:
Namuna:
div {
width: 300px;
padding: 25px;
border: 25px solid green;
margin: 25px;
}
Elementning kengligi va balandligi
Barcha brauzerlarda elementga kenglik va balandlik o'rnatishda, box model qanday ishlayotganini tekshirib olishingiz kerak.
Elementning umumiy kengligi quyidagicha hisoblanadi:
Elementning umumiy kengligi = eni+ chap padding + o'ng padding + chap border(chegara) + o'ng border(chegara) + chap margin + o'ng margin
Elementning umumiy balandligi quyidagicha hisoblanadi:
Elementning umumiy balandligi = balandlik + tepa padding + pastki padding + tepa border + pastki border + tepa margin + pastki margin