HTML / CSS / JavaScript
July 8, 2019
float xossasi
float - CSS xossasi elementning qay tartibda ekranda turishi kerakligini belgilaydi.
Float xossasi
float xossasi biror kontentni pozitsiyalash(joylashtirish) va formatlashda ishlatiladi. Misol uchun, rasmni konteynerning chap tomoniga joylashtirish.
float xossasining quyidagi qiymatlari mavjud:
- left - element uning konteyneri ichida chapga joylashadi.
- right- element uning konteyneri ichida o'ngga joylashadi.
- none - Hech narsa o'zgarmaydi.
- inherit - element otasining qiymatini o'ziga meros qilib oladi.
Oddiy namunada, float xossasini matnlarni rasmning atrofiga joylashtirishda ishlatilishini ko'ramiz.