HTML / CSS / JavaScript
June 27, 2019

Position xossasi(O'rin)

position - xususiyati element uchun ishlatiladigan joylashish turini bildiradi (statik, nisbiy, aniq, mutlaq yoki yopishqoq).

Bu yerda 4 xil pozitsiya qiymatlari mavjud:

  • static
  • relative
  • fixed
  • absolute
  • sticky

Keyinchalik elementlar yuqori, pastki, chap va o'ng xususiyatlar yordamida joylashtiriladi. Biroq, bu xususiyatlar pozitsiya xususiyati birinchi o'rnatilmagan bo'lsa, ishlamaydi. Ular pozitsiya qiymatiga qarab turli xil ishlaydi.


position: static;

HTML elementlari standart bo'yicha statik joylashgan. Statik joylashtirilgan elementlarga yuqori, pastki, chap va o'ng xususiyatlar ta'sir qilmaydi. Element: static; hech qanday maxsus yo'l bilan joylashtirilmagan; u har doim sahifaning odatiy hajmiga muvofiq joylashadi:

Bu yerda CSS fayli:


position: relative;

Element: relative; uning odatiy pozitsiyasiga nisbiy joylashgan.

Nisbiy pozitsiyasga ega elementning yuqori, o'ng, pastki va chap xususiyatlarini qo'shish uni normal pozitsiyasidan uzoqlashtiradi.

Namuna:


position: fixed;

Element: fixed; ekranga nisbiy joylashgan, ya'ni sahifani aylantirsangiz ham doimo o'sha joylashtirilgan joyida qoladi. Elementni joylashtirish uchun yuqori, o'ng, pastki va chap xususiyatlari ishlatiladi. Qoziqlangan(😁) element, odatda joylashtirilgan sahifada bo'sh joy qoldirmaydi(relative ga qarang). CSS faylimiz:


position: absolute;

Element: absolute; o'zidan avvalgi(ajdodi) yaqin joylashgan elementga nisbiy joylashgan. Ammo, o'zidan avval hech qanday element(ajdodi) bo'lmasa,u hujjatning tana qismiga nisbiy va sahifa bilan birga ko'chuvchan bo'ladi.


position: sticky;

Element: sticky; foydalanuvchi scroll pozitsiyasiga asoslangan tarzda joylashadi.


Elementlarni ustga chiqarish

z-index xususiyati orqali element tartibini belgilashimiz mumkin. Element boshqa birining ustida yoki orqasida bo'lishini ifodalashimiz mumkin.

Kod: