Jadvallar bilan ishlash
CSS da jadval chegaralarini belgilash uchun border xossasidan foydalaniladi.
Quyida namunani ko'rishingiz mumkin:
<!DOCTYPE html> <html> <head> <title>Jadval</title> </head> <style> table,th,td{ border: 1px solid black; } </style> <body> <table> <tr> <th>Kurs</th> <th>Soat</th> </tr> <tr> <td>PHP</td> <td>20-00</td> </tr> <tr> <td>CSS</td> <td>20-00</td> </tr> </table> </body> </html>
Qarang bu yerda <th> va <td> teglarning o'zida alohida chegaralar mavjud(rasmda).
Jadval chegaralarini o'chirish
border-collapse xossasi jadval chegaralarini yagona chegaraga birlashtirishni ta'minlaydi.
<style> table { border-collapse: collapse; } table,th,td{ border: 1px solid black; } </style>
Agar jadval orasidagi chegaralarni olib tashlashni xohlasangiz, faqat <table> tegi uchun border xossasini ishlating.
Jadval eni va balandligi
Jadvalning balandligi va eni height va width xossalari bilan ifodalanadi.Quyidagi namunada jadvalning eni 100% ga, balandligi 50px ga o'rnatilganini ko'rishingiz mumkin:
<!DOCTYPE html> <html> <head> <style> table, td, th { border: 1px solid black; }
table { border-collapse: collapse; width: 100%; }
th { height: 50px; } </style> </head> <body> <table> <tr> <th>Darslar</th> <th>Soatlari</th> <th>Kunlari</th> </tr> <tr> <td>PHP</td> <td>20-00</td> <td>Dushanba</td> </tr> <tr> <td>CSS</td> <td>20-00</td> <td>Chorshanba</td> </tr> <tr> <td>PYTHON</td> <td>20-00</td> <td>Juma</td> </tr> <tr> <td>C++</td> <td>20-00</td> <td>Dushanba</td> </tr> </table> </body> </html>
Gorizontal joylashuv
text-align xossasi <th va <td> ichidagi ma'lumotlarning chap, o'ng, o'rtaga(left,right,center) joylashtirish uchun qo'llanadi(faqat bular uchun emas).
<th> elementi kontentlari standart o'rtada joylashadi, <td> elementi kontentlari esa chap tomonga joylashadi.
Quyida namunani ko'rishingiz mumkin:
Vertikal joylashuv
vertical-align
xossasi <th va <td> ichidagi ma'lumotlarning tepa, past, markazga joylashtirish uchun qo'llanadi(faqat bular uchun emas).
Standart, jadvaldagi kontentlarning vertikal joylashuvi markazlashgan(<th> va <td> ikkovi uchun).
Namuna:
Jadval ichki itarilishi(padding)
Jadvaldai kontentlarni va chegaralarni orasidagi bo'shliqlarni nazorat qilish uchun <td> va <th> elementlariga padding xossasini qo'shish kifoya:
Gorizontal ajratuvchi chiziqlar
<th> va <td> elementlariga border-bottom xossasini gorizontal ajratuvchi chiziqlar hosil qilish uchun qo'shing:
Hover jadval
Sichqonchani ovorganda jadvalning qatorlarini belgilash uchun :hover selektorini <tr> elementiga yozing:
Zebra jadval
Yuqoridagi namunadagidek, zebra chiziqli jadval yaratish uchun biz nth-child() selektorini va background-color ni <tr> elementiga yozing. even bu qatorlarni juftiga zebra chiziq beradi. odd - qator toqlari uchun.
Rangli jadval
Rangli jadval hosil qilish ham oson. Buning uchun Jadvalning <th> elementi uchun matn rangi va orqa foni yoziladi. Rasmning tagida ko'rishingiz mumkin: