U
@usmonosphere
1 post

OʻZBEKISTONNING RAQQOS YIGITLARI

1932-yilning iyunida shoir Lengston Hyuz yigirmadan ortiq afro-amerikan san’atkorlar, rejissyorlar va aktyorlar hamrohligida Amerikaning janubidagi afro-amerikan hayot haqida film ishlash maqsadida Sovet Ittifoqiga tashrif buyuradi. Ishchi nomi “Qora va oq” deb atalgan o‘sha film ba’zi sabablarga ko‘ra umuman suratga olinmagan. Yuqori sinfda o‘qiganidan buyon Bolsheviklar inqilobi va yangi Sovet Ittifoqiga simpatiyasi paydo bo‘lgan Hyuz 1932-yilning sentyabridan to 1993-yil yanvarigacha Toshkent, Buxoro, Samarqand, Ashxobod kabi shaharlarda mehmon bo‘ladi. Ushbu sayohatlarning natijasi o‘laroq, 1934-yilda uning “A Negro Looks at Soviet Central Asia” (“Bir habashning Sovet Markaziy Osiyosiga qarashlari”) nomli kitobi dunyoga keladi.