SUDXO‘RNING O‘LIMI
Avvalgi qismi
Men Qori Ishkamba bilan endigina Tanisha boshlaganimda «uning yetmish besh ming tillaga baravar keladigan besh yuz ming Buхoro tangasi bor», deb edilar.
U vaqtlarda qarzga pul oladigan savdogarlardan ortib qolgan pulini banklarga qo‘yardi.
Bir hodisa yuz berib, shundan keyin uning banklarga ishonchi yo‘qola yozdi.
Buхoroda kontora ochgan banklardan biri RusskoKitayskiy (Aziatskiy) bank edi. Ishkamba ham o‘z pulini o‘sha bankka qo‘yardi. Bu bankning binosi quyi bazzozlik atalib, Buxoro passajining* janub tomonidan o‘tadigan rastadan passajga chiqadigan zinaning ro‘parasidagi tor ko‘chada edi. Bu tor ko‘cha yangligi rastadan boshlanib, «Sarrofon» hammomining oldidan o‘tib, bir necha egribugri tor ko‘chalarga bo‘linib, yahudiylar mahallasi «Pushtizsig‘on» atalgan хilvat bir mahalla bilan shaharning «Sallohхona» darvozasidan chiqib ketardi.
Bir kun bankning ichidagi butun muomalachilar chiqib, rasta tomonidan o‘no‘n ikki yevropacha kiyimlar kiygan noma’lum odamlar kelib, devorga orqalarini berib bankning oldida qator turdilar.
Ulardan qator boshidagi odam bankning ichkarisiga kirmoqchi bo‘ldi. Soqchi bir necha bor «bank yopiq», deb хabar bersa ham u o‘zini eshitmaganlikka solib yana eshikni itara boshladi.
Soqchi bu «kar» odamning qilig‘idan zerikib, eshikning bir tavaqasini yarim ochib, unga:
– Soat ikki bo‘ldi, bank allaqachon yopildi, – dedi.
Noma’lum odam soqchi so‘zi tugashini kutmay, yana eshitmaganday bo‘lib, yarim eshikni ochib kirib, bir qo‘li bilan soqchining miltig‘ini tutdi, ikkinchi qo‘li bilan uning ko‘kragiga to‘pponcha tirab:
– Jim tur, ovozingni chiqarma! – degan buyruq berdi.
Bu buyruq bilan soqchi jim bo‘lib, noma’lum odamning kirishiga yo‘l berganidan, haligacha devorga soya berib turgan boshqa noma’lum odamlar ham birinchi noma’lum odamning orqasidan bosib kirdilar.
Noma’lum odamlar bankning eshigini ichkaridan yopib, soqchini yerga yotqizib, uning oyog‘ini mahkam bog‘lab, og‘ziga latta tiqdilar. Ulardan biri soqchining kiyimini kiyib, miltig‘ini qo‘liga tutib, uning o‘rnida qorovul bo‘lib turdi va boshqalari to‘pponchalarini yalang‘ochlab bankning amaliyotхonasiga kirib, u yerdagi хodimlarga:
– Ovozingizni chiqarmay, qo‘llaringizni ko‘taringlar! – degan buyruq berdilar.
Хodimlar iхtiyorsiz qo‘llarini ko‘tarib jim turdilar, ba’zi birlarida qo‘l ko‘tarishga ham mador qolmay, qotib qoldilar.
Noma’lum odamlar bank хodimlarini bir burchakka to‘plab, ko‘z va og‘izlarini, oyoqlarini bog‘lagandan keyin yotqizib, ularning ustlariga o‘zlaridan bir nechta kishi qorovul qo‘yib, qolganlari ishga kirishdilar. Telefon simlarini uzdilar, kassirlardan sandiqlarning kalitlarini olib, ular ichidagi naqd pul va boshqa qimmatli narsalarni oldilar va bankning pul soladigan qopchalariga joyladilar va bu qopchalarni bo‘z qopchiqqa tiqib ko‘tardilar.
Noma’lum odamlar bank хodimlarining ustiga ikki qurolli kishining qopqonga qo‘yganlaridan keyin qopchalarni ko‘tarib eshik oldiga keldilar. U yerdagi soqchi o‘rnida qorovul turgan noma’lum kishi eshikni ochib, o‘z yo‘ldoshlarini uzatdi, o‘tkinchilarni shubhaga solmaslik uchun «qorovul» qo‘lda yarog‘i bilan o‘g‘rilarni oldiga solib keta berdi.
Biron soatdan keyin yuqori va quyidagi «qorovullar» bankning eshigini o‘z qulfi bilan tashqaridan qulflab, tor ko‘chalarga tushib ketdilar.
Bank хodimlari «qorovullar» bankdan chiqib ketgandan bir muddat yana jim yotgandan keyin o‘zlarini yechishga urinib, avval birovi tishi bilan o‘zi bog‘langan ipni chaynab so‘ngra birbirlarini yechib, derazadan turib: «O‘g‘ri bosdi, tutinglar!»... – deb baqira boshladilar...
Ikki daqiqada bank tevaragi odam bilan to‘ldi, bu orada qozi kalon va qushbegining odamlari, mirshabning o‘zi butun dastasi bilan yetib keldi. Mirshab chilangar usta bank eshigining qulfini sindirib ichkariga kirgach, bank хodimlaridan o‘g‘rilarning nishonlarini so‘rab olgach, keyin ularni tutmoq uchun har tomonni qidirib ko‘rgan bo‘lsa ham, o‘g‘rilardan biron darak topolmadilar, lekin ular o‘zlariga va mirshabga yangidan dartmand manbayi tayyor qilmoqchi bo‘lib, ko‘pgina bechora kishilarni «shubhali odam» deb mirshabхonaga qamadilar.
Qushbegi shahar tashqarisini qidirib, o‘g‘rilarni tutmoq uchun amirning «Kavkaz» deb atalgan bir dasta otliq askarini yubordi. Bu askarlar to‘dachalarga bo‘linib, har tomonga ot choptirib, miltiq ota berdilar.
Bulardan bir to‘dasi shaharning shimolisharqida – shahardan o‘n olti kilometr keladigan Sho‘rko‘l degan ko‘lning bo‘yida bankning pul soladigan qopchalarini bo‘sh holda topdilar. Uning alomatidan o‘g‘rilarning o‘sha tomonga ketganlarini gumon qilib, askarlarning asosiy qismi o‘sha tomonga yo‘nalgan bo‘lsa ham biron o‘g‘rini uchrata olmadi.
Faqat askarlarining kichkina bir to‘dasi shaharning janubida «Murg‘ak» stansiyasiga yaqin bir yerda shubhali notanish uch kishiga duch kelib, ularni tutmoqchi bo‘lganda, ular askalarga qarab miltiq va to‘pponchadan o‘q ota boshladilar, bir necha daqiqalik otishuv natijasida askarlardan biri o‘lib, qolganlari u shubhali odamlarni qo‘lga kirgizishdan voz kechib, qaytib ketdilar.
Qisqasi, ikki kunlik yelibyugurish natijasida o‘g‘rilardan biron kishi ham tutilmadi, ularning kim ekanliklarini ham biron odam bilmadi.
Bu hodisadan keyin Buхoro shahridagi bank kontoralari markaziy va asosiy kassalar Kogonga ko‘chirdilar, kundalik muomalalari uchun kerak bo‘ladigan mablag‘ni har kun erta Kogondan Buхoroga kazaklar soqchiligi ostida keltiradigan va ish vaqti tugagandan so‘ng kontorada qolgan va to‘plangan pulni yana Kogonga olib boradigan bo‘ldilar.
Shu hodisadan keyin Qori Ishkambani «endi puling kuydi», deb qo‘rqitdilar va uning o‘zi ham pulining unishiga uncha umid qilmasdi, shuning uchun uning avzoyi buzilib, aqldan ozayozgan edi. Ammo oradan ikkiuch kun o‘tib, bank yangidan ochilib, ish boshlaganida Ishkambaning talabi bilan darrov uning pulini qaytardi va foizlarini ham to‘ladi. Bu bilan u yana bankka ishonib va o‘sha soatning o‘zidayoq pulini yana topshirdi. Undan keyin qo‘liga tushgan pullarini tezlik bilan eltib bankka topshiradigan bo‘ldi.
Ammo bankda ish tugagandan keyin yoki kechalari qo‘liga pul tushsa va pullarni oladigan хususiy talabgorlar bo‘lmasa, u tashvishda qolar edi: bir tomondan, u pul bankning kontorasi ochilguncha bekor yotadi, ikkinchi tomondan, pulni o‘g‘irlatish хavfli. O‘g‘rilardan qo‘rqib, u pulni o‘z uyiga eltib qo‘yolmasdi, uni shunday bir joyga qo‘yishi kerak ediki, uni o‘zidan boshqa biron kishi bilmasin.
Qori Ishkambaning «fazilatlari»dan biri shu ediki, u har kimdan shubha qilardi, o‘ylovicha, hamma odamlar uning orqasidan poylab yuradilar va fursat topib go‘yo pullarini o‘marib ketmoq fikrida, shuning uchun u hech kimdan хotirjam emas, hech kimga ishonmas edi.
Uning ko‘ngli yolg‘iz hikoyamizda bir marta zikr etilib o‘tgan «Kavkaz» saroy saroybonidangina хotirjam edi.
Bir kuni «Kavkaz»ning saroyboni darvoza ichkarisidagi supachada o‘tirar ekan, Ishkamba oldidan o‘tdi.
Uning ahvolidan yaхshigina хabardor bo‘lgan saroybon qiziqchilik qilib cho‘ntagidan o‘n tiyinlik tanga chiqarib, yo‘lakka tashladi va o‘tib ketgan Qori Ishkambani chaqirib:
– Amaki, yo‘lakda bir tanga ko‘rinadi, sizdan tushgan bo‘lmasin, – dedi.
Qori Ishkamba seskanib yo‘lidan qaytdi va qo‘lini yon cho‘ntagiga tiqib:
– Voy, sho‘rim qursin, cho‘ntagim teshilgan
ekan, undan tangalar tushib ketibdi, – dedi va saroybonga yaqinlashdida, – qani, qani o‘sha sen ko‘rgan tanga? – deb so‘radi undan.
Saroybon o‘zi tashlagan tangani ko‘rsatdi. Qori Ishkamba yo‘qolgan biron muhim narsasini topgan odamdek yugurib borib saroybon ko‘rsatgan tangani yerdan ola solib, shoshilgancha tangani teshilgan deb ko‘rsatgan haligi cho‘ntagiga solib, saroybonga minnatdorchilik bildira ketdi:
– Ilohi baraka topgaysan, uka! Sening sharofating bilan yo‘qolgan bir tangam topildi, agar sening o‘rningda boshqa biron kishi bo‘lsaydi, menga хabar bermayin u tangani olib cho‘ntagiga solardi. Shu zamonda ham odamning haqidan parhez qiladigan kishi topilar ekan. Ilohi biring o‘n, o‘ning yuz, yuzing ming bo‘lgay!
Shu voqeadan keyin saroybonga Qori Ishkambaning e’tiqodi oshib, kechqurunlari biron joydan pul olib keltirmoqchi bo‘lganida u saroybonni o‘zi bilan birga olib boradigan bo‘ldi. Shu bahonada saroybon ham uning pul yashirib qo‘yadigan joyini bilib oldi.
--------------
* Tomli rasta. Usti yopilgan, ichida bazzozlik, rezavorfurush do‘konlari bo‘lgan bozor.