MUTOLAA|BLOG
@uzb_mutolaa
94 posts

Gulnoza Mamarasulova. Uy mojarosi (hikoya)

Sokin tun…. Ovozi pastlatib qo‘yilgan radiodan taralayotgan maxzun kuygina bu xonadonda hayot davom etayotganini anglatardi. Qo‘shni uydan quloqqa chalinib turadigan g‘ala-g‘ovurlar ham bugun tinch. Goh-gohida issiq o‘rnida miriqib uxlayotgan bolaning g‘ingshishi jimlik pardalarini yorib o‘tardi-yu yana tin oladi. Qani u ham bola bo‘lib qolsa…. Beg‘ubor, betashvish… va beg‘am damlarga qayta olsa… Havoning issig‘idan bo‘g‘riqib uyg‘ongan Layloning uyqusi qochgandi. Qo‘li bilan yon-verini paypaslab, telefonini topdi. Zimistondan yorishgan nurdan ko‘zlari qamashdi. Ko‘zini yirib ochib, soatga qaradi. Yonida yotgan bolasining ustiga yengil yopinchiq tashlab, o‘rnidan turdi. -Haliyam kelmabdi… – dedi o‘ziga-o‘zi narigi xonadagi erining...

Asad Dilmurod. Xilvat (hikoya)

Kuz quyoshi ostida mudrayotgan shahar ko‘chalarida yupun kiyingan, kalta sochlari qirovlagan ozg‘in kampir tushiga changali dov qarchig‘ay kirganini ayta-ayta so‘ylanib yurar edi…

Goderdzi Choxeli. Qarg‘a mojarosi (hikoya)

– Familiyangiz!? – Choxeli. – Ismingiz? – Butula… – Kasbingiz? – Qishloq ruhoniysi. – Kimdan shikoyat qilayapsiz? – Maxare Shugliarui…dan. – Xo‘sh, shikoyatingiz nimadan iborat? – Shundan iboratki, senga aytsam, ular mening xususiy qarg‘amni o‘zlariniki qilib olishdi. O‘zlariga og‘dirib olishdi-yu, qaytarib berishmayapti, senga aytsam… U endi bizniki bo‘ldi, deyishayapti, senga aytsam… – Qanaqasiga sizning xususiy qarg‘angiz bo‘ladi? Nima siz meni kalaka qilayapsizmi?! – U mening qarg‘am ekanini hamma biladi: pichan o‘rgani borsam, orqamdan uchib boradi. Yer haydagani jo‘nasam, izimdan ergashadi… Ular bo‘lsa o‘zlariga og‘dirishdi… – Shoshmang, shoshmang… demak, sizning xususiy qarg‘angiz bor edi, shundaymi? O‘sha qarg‘ani qanaqa deb...

Abdunabi Boyqo‘ziyev. Teshikmozor hangomalari (hajviy qissa)

Teshikmozor qishlog‘i Andijondan yursangiz Poytuqqa kiraverishda… Qishloqning nomi nega Teshikmozor deb hayron bo‘lmang. Buning o‘tmish bilan bog‘liq asosli sabablari bor. Izohi, endi, alohida mavzu. Teshikmozorning, men sizga aytsam, har bir fuqarosi hangoma. Ayniqsa, Otash xobboni va Bo‘tash gupir bilan bog‘liq gaplarni yig‘ib kitob-pitob qilinsa bormi, maqtanyapti demangu, bir ajabsanda asar bo‘lardi-da. Ha, teshikmozorliklarning dunyoni lol qilgulik juda ko‘p hangomalari bor. Faqat bir kamchiligi, bu manzil-makon bilan bog‘liq beg‘araz, betakror shumligu qitmirliklarni elga manzur tilda ifodalab beradigan zo‘r hajvchi yozuvchisining yo‘qligi. To‘g‘ri, Teshikmozordan besh-o‘n chaqirim atrof doirada, dovrug‘i dovonlar oshgan Qamchibek...