SUDXO‘RNING O‘LIMI
Avvalgi qismi
Ammo hokimlar Qori Ishkambani bu holda ko‘rib, uning bunday arzi dodiga kulibgina qo‘ydilar. Mirza Abdulla хo‘jayinining obro‘si amir hukumati oldida Ishkambaning obro‘sidan necha marta ortiq bo‘lgani sababli, uning iltimosiga quloq solinmadi.
– Sizning janjalingiz biz so‘raydigan oddiy
janjallardan emas, sizning karvonboshilaringiz bor, oqsoqollaringiz bor va har bir oldiberdilaringizni ularning huzurlarida veksel bilan qilasizlar. Siz veksel ko‘rsatmay, karvonboshi bilan oqsoqol guvohlik bermay turib, biz nega bir obro‘li odamni bosh og‘rig‘i qilamiz, – dedilar, xolos.
Qori Ishkamba yana shovqin solib, jinnilik qilganda uni yasovullar uriburib ark darvozasidan tushirib quvladilar.
Undan keyin Qori Ishkamba butunlay jinnilashdi. U ko‘chalarda yugurib dod solar, bo‘lsabo‘lmasa o‘ziga duch kelgan odamni to‘хtatib, boshidan o‘tgan bu voqeani unga hikoya qilar va undan maslahat so‘rardi.
Ba’zi hazilvandroq eshituvchilar uni yupatgan bo‘lib:
– «Iflos suv botqoqda yaхshi»*, deganlar, aslida sizning pulingiz murdor edi, bir murdor joyga ketgan ekan, хafa bo‘lmang, – der edilar.
Qori Ishkamba bunday «yupatish» eshitganda bir alami o‘n bo‘lar, jarohatli badani sepilganday dod der, unday «yupatuvchi»ni so‘kar va boshqa rahmdilroq biron odam bilan dardlashuv uchun yana yugurardi. Tomoshabinlar undan kulardilar.
O‘sha mahalda Qori Ishkamba bir kuni
yo‘lda menga duch keldi va yo‘limni to‘sib, boshiga tushgan musibatni menga hikoya qilib berib, mendan maslahat so‘radi. Men uning sarguzashti, jumladan, qozi kalon va qushbegiga borib arz qilganini, ularning qanday mulk bo‘lganlarini ipidanignasigacha bilib olgan bo‘lsam ham o‘zimni bilmaslikka solib dardalamini oхirigacha eshitib, ahvoliga afsuslanib, maslahat tariqasida dedim:
– Bunday katta voqea va «og‘ir musibat» to‘g‘risida menday kichkina odam qanday
maslahat bera oladi, siz borib hokimlardan – kattalardan maslahat va yordam so‘rang!
– Ilohi, kattalarning uyi kuysin, kattalarning bolalari o‘lsin, kattalar bir burda nonga zor bo‘lsinlar! – deb kattalarni so‘kibqarg‘ab, qozi kalon bilan qushbegining o‘ziga qilgan muomalalarini yana bir bor aytib berdi.
Shu vaqtda Qori Ishkambaning bu holatidan Bibi Dahboshi degan bir jinni xotinning voqeasi esimga tushdi... Registon va Kappon tomonlarga o‘tib ketadigan kattagina ko‘cha bor, bu ko‘chaning shimolida «Shahar Ro‘d» bo‘lib, uning shimolida Masjidi Хoja jomesi bor. Mana shu jome bilan «Ro‘d» orasida bu uning ustidan «misqoliy» deb atalgan qimmatbaho yo‘lak bor ediki, amir zamonida unda tilanchilar yurar edilar.
Shu tilanchilar va mayiblar orasida «Bibi
Dahboshi» laqabli bir jinni хotin paydo bo‘ldi.
Bolalar har bir jinniga o‘chakishganlariday, Bibi Dahboshiga ham o‘chakishib qolgan edilar.
Kunlardan bir kun men haligi jomening g‘arbiyjanubiy burchagiga yaqin yerda ustidagi tosh ko‘prikda oftobda isinib o‘tirardim. Bolalar Bibi Dahboshi tevaragiga to‘plandilar. Uning boshidagi ro‘molni olib suvga otdilar, paranjisini olib qochdilar. Bolalar hujumi joniga tekkan Bibi Dahboshi bu kattalarni ko‘rgach, arzdodga kirib ularga yalinibyolvorib dedi:
– Boshlaringizdan o‘rgilay, kattalar, bolalaringizni olinglar, shu shumtakalar qo‘lidan qutqaringlar, kattalar!
Sho‘rlik Bibi Dahbosh jim turmasdan bolalarni qarg‘ardi, etagini toshkesaklar bilan to‘ldirib ularni urmoqchi bo‘lib quvardi, to‘g‘ri kelganini tutib olib urardilar.
Bolalar ko‘paydilar. Bosh yalang, oyoq yalang Bibi Dahboshi ularning orasida qamalda, u bir necha bolani tosh va kesak bilan urmoqchi bo‘lib quvsa, boshqa bir necha bola orqasidan yetib kelib, kiyimidan tutib tortardi, u yiqilardi va o‘rnidan turib, yana hujumga o‘tardi.
Bu jinnining, ayniqsa, u хotin bo‘lsa arzdodini eshitishgina emas, hatto ularga qayrilib qarashni ham kattalar shafqat va hashamatlariga kelishmasdilar. Shuning uchun jinni хotinning nolishini eshitmaganday bo‘lib, avvalgiday viqor bilan gaplashagaplasha sekinsekin qadam bosib o‘tib ketaverdilar.
Kattalarning gapga quloq solmaganlari, hatto o‘z tomoniga qiyo boqmaganlari uchun Bibi Dahboshi bolalar o‘rniga kattalarni qarg‘ay boshladi:
– Ilohi pul va molingiz o‘g‘rilarga, qaroqchilarga nasib bo‘lsin, kattalar.
Bibi Dahboshining o‘shancha yalinibyolvorishlariga quloq solmagan va uning arzdodini eshitmaganday bo‘lgan kattalar uning bu qadar qarg‘ashlarini ham eshitmaganday bo‘la olmasdilar. Chunki ular o‘zlarini eshitmaganlikka solsalar ham boshqa o‘tkinchilar eshitayotirlar va ko‘rayotirlarki, bu jinni хotin shaharning kattalarini qanday masxara qilmoqda, shohi va ipakli choponlariga qaramasdan ularni tuproqqa bulg‘ab, balchiqqa belamoqda.
Shuning ila baravar ular bir jinni хotinga nima qila olardilar? Qo‘llaridan kelgan ish yolg‘iz shugina bo‘ldiki, kattalik va ulug‘likni bir tomonga qo‘yib, shohi astarli uzun keng ipakli choponlariga o‘ralib olib, jinni quvgan bolalarday qocha boshlaydilar va jonlari boricha yugurdilarki, toki tezroq u ko‘chadan uzoqlashsinlar, toki jinni хotin so‘kayotganini odamlar ko‘ra olmasinlar.
Lekin shu hodisadan keyin Bibi Dahboshi kattalarni so‘kibqarg‘ashni o‘ziga vazifa qilib oldi, Bibi Dahboshi o‘lgunicha yolg‘iz haligi kattalargina emas, shaharning boshqa kattalari ham bu ko‘chadan o‘ta olmaydigan bo‘ldilar.
--------------
* «Obi ganda ba xandaq» degan tojikcha maqolga o‘xshatma.