Murojaatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga kamaydi
2024 yil yanvar-may oylarida “O‘zbekneftgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 390 ta murojaatning barchasi boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar kesimida tahlil qilindi. Tahlillar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15% foizga kamayganini ko‘rsatdi.
Jumladan, murojaatlarning 365 tasi jismoniy, 25 tasi yuridik shaxsdan kelib tushgan bo‘lib, ularda quyidagi masalalar ko‘tarilgan:
• 112 tasi (29%) ish masalasi;
• 58 tasi (15%) yoqilg‘i masalasi;
• 37 tasi (9%) ish haqi, moddiy yordam;
• 22 tasi (6%) gaz ta’minoti;
• 20 tasi (5%) mehnat munosabatlari;
• 19 tasi (5 %) rahbarlarning noqonuniy hatti-harakati;
• 122 tasi (31%) boshqa masalalarni tashkil etdi.
Nazoratga olingan jami 390 ta murojaatdan, 203 tasi qanoatlantirilgan, 157 tasi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan, 16 tasi rad etilgan, 14 tasi ish jarayonida.
Shuningdek, Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 132 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 126 tasi ijrosi ta’minlandi, 6 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
817 ta murojaatga rasmiy veb-saytdagi “Onlayn-maslahatchi” xizmati orqali, 1 077 tasiga “Ishonch telefoni” orqali tezkor javob va tushuntirishlar berildi.