March 4
Murojaatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,7 foizga kamaydi
2025 yilning yanvar-fevral oylarida “O‘zbekneftgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 113 ta murojaatning barchasi boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar kesimida tahlil qilindi. Tahlillar murojaatlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,7 foizga kamayganini ko‘rsatdi.
Ularning 100 tasi qanoatlantirilgan, 2 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan, 2 tasi rad etilgan, 9 tasi ish jarayonida.
Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 37 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 29 tasi ijrosi ta’minlandi, 8 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
510 ta murojaatga rasmiy veb-saytdagi “Onlayn-maslahatchi” xizmati orqali tezkor javob va tushuntirishlar berildi.
March 4, 04:56
0 views
0 reposts