October 18, 2023

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi odatiy ish rejimida faoliyatini boshladi 

Ruscha

Avval xabar berilganidek, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida rejali joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

Majmua tomonidan 14 kun davomida 1480 ta profilaktik ko‘rik, ta’mirlash va modernizatsiya ishlari amalga oshirildi.

Ta’mir ishlari o‘rnatilgan tartibda texnika, sanoat, gaz, yong‘in va elektr xavfsizligi qoidalariga to‘liq amal qilgan holda olib borildi.

Dubayning “HIMA Middle East FZE” kompaniyasi bilan hamkorlikda majmuaning avariya holatlariga qarshi himoya va blokirovka boshqaruv tizimlari, “Mechanics” MCHJ ishtirokida Bug‘ gaz havo ta’minoti syexi qozonlarining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida modernizatsiya ishlari yakunlandi.

Rejali joriy ta’mirlash va modernizatsiya ishlari, kelgusida majmuadagi operasion samaradorlikni oshirish, ishlab chiqarish yillik hajmini ortishiga zamin yaratadi.

Ma’lumot o‘rnida, Majmua yiliga 4,0 mlrd kub metrgacha xom ashyo gazi, 3,5 mlrd kub metrgacha tabiiy gaz, 125 ming tonnadan ortiq polietilen granulasi, 110 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz, 90 ming tonnadan ortiq gaz kondensati, 1,0 ming tonnadan ortiq oltingugurt granulasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube