September 15, 2023

Joriy yilning o‘tgan davrida 675 ta murojaat ko‘rib chiqildi 

Ruscha

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida “O‘zbekneftgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar kesimida tahlil qilindi.

O‘tgan davr mobaynida kelib tushgan jami 675 ta murojaatning barchasi o‘rnatilgan tartibda taalluqliligi bo‘yicha mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning 614 tasi (91%) jismoniy, 61 tasi (9%) yuridik shaxslardan kelib tushgan bo‘lib, ularda quyidagi masalalar ko‘tarilgan:

• 170 tasi (25%) ish masalasi;
• 109 tasi (17%) yoqilg‘i masalasi;
• 81 tasi (12%) ish haqi, moddiy yordam;
• 55 tasi (7%) mehnat munosabatlari;
• 50 tasi (8%) rahbarlarning noqonuniy hatti-harakatlari;
• 15 tasi (2%) gaz ta’minoti;
• 195 tasi (29%) boshqa masalalarni tashkil etdi.

Murojaatlarning aksariyat qismi Jamiyatning boshqaruv apparatida hal etilgan. Nazoratga olingan jami 675 ta murojaatdan, 154 tasi qanoatlantirilgan, 510 tasi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan, 7 tasi rad etilgan, 4 tasi ish jarayonida.

Jumladan, Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 273 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 267 tasi ijrosi ta’minlandi, 6 tasi ko‘rib chiqilmoqda.

1 060 ta murojaatga rasmiy veb-saytdagi “Onlayn-maslahatchi” xizmati orqali, 1 761 ta murojaatga “Ishonch telefoni” orqali tezkor javob va tushuntirishlar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube