October 9

9 oylik murojaatlar sarhisob qilindi 

Ruscha

2024 yil yanvar-sentyabr oylarida “O‘zbekneftgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 573 ta murojaatning barchasi boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar kesimida tahlil qilindi. Tahlillar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22% foizga kamayganini ko‘rsatdi.

Jumladan, murojaatlarning 527 tasi jismoniy, 46 tasi yuridik shaxsdan kelib tushgan bo‘lib, ularda quyidagi masalalar ko‘tarilgan:

• 139 tasi (24%) ish masalasi;
• 64 tasi (11%) yoqilg‘i masalasi;
• 56 tasi (10%) ish haqi, moddiy yordam;
• 44 tasi (8%) mehnat munosabatlari;
• 34 tasi (6 %) rahbarlarning noqonuniy hatti-harakati;
• 236 tasi (41%) boshqa masalalarni tashkil etdi.

Murojaatlarning 271 tasi qanoatlantirilgan, 260 tasi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan, 31 tasi rad etilgan, 11 tasi ish jarayonida.

Shuningdek, Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 211 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 191 tasi ijrosi ta’minlandi, 20 tasi ko‘rib chiqilmoqda.

1 293 ta murojaatga rasmiy veb-saytdagi “Onlayn-maslahatchi” xizmati orqali, 1 671 tasiga “Ishonch telefoni” orqali tezkor javob va tushuntirishlar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook