November 7, 2023

Murojaatlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21,4 foizga kamaydi

Ruscha

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida “O‘zbekneftgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar kesimida tahlil qilindi.

10 oyda jami 805 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 208 taga (yoki 21,4%) kamaydi.

Murojaatlarning 739 tasi (92%) jismoniy, 66 tasi (9%) yuridik shaxslardan kelib tushgan bo‘lib, ularda quyidagi masalalar ko‘tarilgan:

• 195 tasi (24%) ish masalasi;
• 136 tasi (17%) yoqilg‘i masalasi;
• 99 tasi (12%) ish haqi, moddiy yordam;
• 69 tasi (9%) mehnat munosabatlari;
• 55 tasi (7%) rahbarlarning hatti-harakatlari;
• 251 tasi (31%) boshqa masalalarni tashkil etdi.

Murojaatlar o‘rnatilgan tartibda taalluqliligi bo‘yicha mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqilib, aksariyat qismi Jamiyatning boshqaruv apparatida hal etilgan. Nazoratga olingan jami 805 ta murojaatdan, 169 tasi qanoatlantirilgan, 607 tasi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan, 14 tasi rad etilgan, 15 tasi ish jarayonida.

Jumladan, Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 328 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 305 tasi ijrosi ta’minlandi, 23 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
1 301 ta murojaatga “Onlayn-maslahatchi” xizmati, 2 235 tasiga “Ishonch telefoni” orqali tezkor javob va tushuntirishlar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube