Xalqro standartlarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning mart oyida “O‘zbekneftgaz” AJ va "Neft va gaz texnologik tashabbuslari instituti" (INTI) hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasida neft va gaz sohasida standartlashtirish va muvofiqlikni baholashni rivojlantirish to‘g‘risidagi Memorandum имзоланган эди.
“O‘zbekneftgaz” AJ, O‘zbekiston standartlar instituti va INTI o‘rtasida imzolangan ushbu hujjatda belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish maqsadida tomonlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekistonda INTI standartlarini qo‘llash, jumladan, milliy standartlarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar Rossiya va O‘zbekistonda neft-gaz sanoatining texnologik rivojlanishini rag‘batlantirish uchun standartlashtirish va muvofiqlikni baholash tizimlarini takomillashtirish maqsadida o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Ushbu Memorandum neft va gaz uskunalarini standartlashtirish va muvofiqligini baholashda Rossiya-O‘zbekiston o‘rtasida yagona standartlarni yaratishga xizmat qiladi.