2024 yilda kelib tushgan murojaatlar soni 2023 yilga nisbatan 26 foizga kamaygan
2024 yilda “O‘zbekneftgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 708 ta murojaatning barchasi boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar kesimida tahlil qilindi. Tahlillar 2023 yilga nisbatan 26 foizga kamayganini ko‘rsatdi.
Jumladan, murojaatlarning 643 tasi jismoniy, 65 tasi yuridik shaxsdan kelib tushgan bo‘lib, ularda quyidagi masalalar ko‘tarilgan:
• 156 tasi (22%) ish masalasi;
• 80 tasi (11%) yoqilg‘i masalasi;
• 77 tasi (11%) ish haqi va moddiy yordam;
• 64 tasi (9%) mehnat munosabatlari;
• 41 tasi (6%) rahbarlarning noqonuniy hatti-harakati;
• 39 tasi (6%) gaz ta’minoti;
• 251 tasi (35%) boshqa masalalarni tashkil etdi.
Murojaatlarning 575 tasi qanoatlantirilgan, 92 tasi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan, 34 tasi rad etilgan, 7 tasi ish jarayonida.
Shuningdek, Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 265 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 255 tasi ijrosi ta’minlandi, 10 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
2 786 ta murojaatga rasmiy veb-saytdagi “Onlayn-maslahatchi” xizmati orqali, 1 544 tasiga “Ishonch telefoni” orqali tezkor javob va tushuntirishlar berildi.