Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotladi
Ular orasida "O‘zbekneftgaz" AJ xodimlari ham bor.
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi" faxriy unvoni bilan:
– Shamsiyev Shermat Jo‘raqulovich - Muborak gazni qayta ishlash zavodi direktori, Qashqadaryo viloyati
"Mehnat shuhrati" ordeni bilan:
– Arziyev Shuhrat Xolovich - "Uzbekistan GTL" korxonasi qurilish loyihasi direktori
– Uzakov Aslankul Itolmasovich - "O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari" mas’uliyati cheklangan jamiyati burg‘ilovchisi, Qashqadaryo viloyati
"Shuhrat" medali bilan:
– Aslanov Shuhrat Chariyevich - "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Qashqadaryo viloyati
– Qilichev Nasriddin Baxridinovich - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining "Zevarda" koni texnologik qurilma kuzatuvchisi, Qashqadaryo viloyati
– Obidov Alisher Shukirovich - "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" mas’uliyati cheklangan jamiyatining bug‘-havo-gaz ta’minoti syexi kompressor qurilmasi mashinisti, Buxoro viloyati