June 27

Qulay va zamonaviy sharoit – samaradorlik garovi

Ruscha

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida ishchi-xodimlarga zamonaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida bino-inshootlar, ma’muriy binolar, ovqatlanish maskanlari bosqichma-bosqich qayta ta’mirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda.

Jumladan, majmua Omborlarni boshqarish xizmatiga qarashli ma’muriy bino to‘liq qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Binodagi xizmat ko‘rsatuvchi, arxiv, ma’naviyat hamda yordamchi xonalarning barchasi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi.

Yaratilgan qulay sharoitlar albatta ishchi-xodimlarni yanada kuch-g‘ayrat va shijoat bilan ishlashga undaydi.

Ma’lumot uchun qayd etish joizki, joriy yil bahorida majmuaning umumiy ovqatlanish bo‘limiga qarashli oshxona ham to‘liq to‘liq ta’mirlandi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook