July 14

“O‘zbekneftgaz” xodimi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi

Ruscha

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlov doirasida yurtimizda faoliyat yuritayotgan bir guruh kasb fidoyilari “Yuksak ehtirom” nomli esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Faxrli jihati, ushbu yuksak e’tirofga sazovorlar orasida “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Strategik rejalashtirish bo‘limi mutaxassisi Eshmurodov Azizbek Farxod o‘g‘li ham bor.

Azizbek Eshmurodov o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati, mas’uliyatli mehnati va tashabbuskorligi bilan jamoa orasida alohida e’tirofga sazovor. Uning mehnat faoliyati “Yuksak ehtirom” ko‘krak nishoni bilan munosib rag‘batlantirilgani — barchamiz uchun iftixorli voqeadir.

Azizbek Eshmurodovni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati