March 15

Inson resurslarini boshqarish samaradorligini oshirishda xorij tajribasi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan zamonaviy ishlab chiqarishning barcha ehtiyojlariga javob beradigan kadrlarni doimiy tarzda qayta tayyorlab borish asosiy vazifalardan biri etib belgilangan.

Xususan, “Gazprom” kompaniyasi bilan imzolangan “Memorandum” doirasida ham neft-gaz sanoati korxonalarida mehnat qilayotgan xodimlarning malaka va bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari va seminarlar tashkil etilmoqda.

Aytish mumkinki, “Gazprom” – zamonaviy kadrlar boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish asosida inson resurslarini boshqarish usullarini doimiy ravishda takomillashtirish borasida ilg‘or tajribaga ega kompaniyadir.

"Inson resurslarini boshqarishda "Gazprom" tajribasi" mavzusida tashkil etilgan navbatdagi onlayn seminarda ham 25 nafardan ortiq xodim ishtirok etdi.

Ushbu seminarni tashkil etishdan maqsad Jamiyat oldida turgan muammolarni samarali hal qiladigan yuqori professional, mas’uliyatli va birlashgan jamoani shakllantirishda xorij tajribasini o‘rganishdan iborat.

Seminarda xorijiy mutaxassislar tomonidan inson resurslarini boshqarish siyosatining asosiy tarkibiy qismlari - kadrlarni tanlash, baholash va ulardan foydalanish, o‘qitish va rivojlantirishda motivatsiya va ish haqi bilan bog‘liq bo‘lgan samarali mexanizmlarga doir mavzularda ma’ruzalar o‘qildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook