Murojaatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaygan
2024 yil yanvar-oktyabr oylarida “O‘zbekneftgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 632 ta murojaatning barchasi boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar kesimida tahlil qilindi. Tahlillar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21 foizga kamayganini ko‘rsatdi.
Jumladan, murojaatlarning 527 tasi jismoniy, 52 tasi yuridik shaxsdan kelib tushgan bo‘lib, ularda quyidagi masalalar ko‘tarilgan:
• 145 tasi (23%) ish masalasi;
• 66 tasi (10%) yoqilg‘i masalasi;
• 64 tasi (10%) ish haqi, moddiy yordam;
• 59 tasi (9%) mehnat munosabatlari;
• 35 tasi (6%) rahbarlarning noqonuniy hatti-harakati;
• 226 tasi (41%) boshqa masalalarni tashkil etdi.
Murojaatlarning 284 tasi qanoatlantirilgan, 309 tasi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan, 31 tasi rad etilgan, 7 tasi ish jarayonida.
Shuningdek, Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 236 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 230 tasi ijrosi ta'minlandi, 6 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
1 466 ta murojaatga rasmiy veb-saytdagi “Onlayn-maslahatchi” xizmati orqali, 1 860 tasiga “Ishonch telefoni” orqali tezkor javob va tushuntirishlar berildi.