February 5

Tahlillar murojaatlar sonining kamayganini ko‘rsatmoqda

Ruscha

2025 yilning yanvar oyida “O‘zbekneftgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 64 ta murojaatning barchasi boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar kesimida tahlil qilindi. Tahlillar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 foizga kamayganini ko‘rsatdi.

Murojaatlarning 41 tasi qanoatlantirilgan, 1 tasi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan, 22 tasi ish jarayonida.

Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 24 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 10 tasi ijrosi ta’minlandi, 14 tasi ko‘rib chiqilmoqda.

314 ta murojaatga rasmiy veb-saytdagi “Onlayn-maslahatchi” xizmati orqali tezkor javob va tushuntirishlar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook