September 5

Murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan kamaygan

Ruscha

2024 yil yanvar-avgust oylarida “O‘zbekneftgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 506 ta murojaatning barchasi boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar kesimida tahlil qilindi. Tahlillar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan murojaatlar 25 foizga kamayganini ko‘rsatdi.

Jumladan, murojaatlarning 464 tasi jismoniy, 42 tasi yuridik shaxsdan kelib tushgan bo‘lib, ularda quyidagi masalalar ko‘tarilgan:

• 129 tasi (25%) ish masalasi;
• 61 tasi (12%) yoqilg‘i masalasi;
• 49 tasi (10%) ish haqi, moddiy yordam;
• 30 tasi (6%) gaz ta’minoti;
• 36 tasi (7%) mehnat munosabatlari;
• 28 tasi (6 %) rahbarlarning noqonuniy hatti-harakati;
• 173 tasi (34%) boshqa masalalarni tashkil etdi.

Nazoratga olingan jami 506 ta murojaatdan, 257 tasi qanoatlantirilgan, 222 tasi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan, 25 tasi rad etilgan, 7 tasi ish jarayonida.

Shuningdek, Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 178 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 171 tasining ijrosi ta’minlandi, 7 tasi ko‘rib chiqilmoqda.

1 139 ta murojaatga rasmiy veb-saytdagi “Onlayn-maslahatchi” xizmati orqali, 1 455 tasiga “Ishonch telefoni” orqali tezkor javob va tushuntirishlar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook