July 17, 2023

Samaradorlik va natijadorlikni oshirish (KPI) tizimi yanada takomillashtirilmoqda

Ruscha

Raqobat rivojlanib borayotgan hozirgi zamonaviy bozor iqtisodiyotida inson resurslaridan samarali foydalanish ahamiyati tobora oshib bormoqda. Xalqaro tajribada davlat xizmatining samaradorlik ko‘rsatkichlari KPI - Key Performance Indicator – eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari orqali baholanib kelinadi. Bunda samaradorlik tashkilot tomonidan qo‘lga kiritilgan natijaning ma’lum bir vaqt mobaynida maqsadga erishish uchun sarflangan xarajatiga nisbatan aniqlanadi.

KPI – bu tashkilot (idora, muassasa va korxona)lar va xizmatchilar faoliyatini belgilangan talab darajasida olib borilishini yoki belgilangan maqsadga erishishni nazorat qiluvchi, baholovchi samaradorlik yoki natijadorlik ko‘rsatkichi deb ham yuritiladi.

Shunday ekan, “O‘zbekneftgaz” AJda tadbiq etilgan samaradorlik va natijadorlikni oshirish (KPI) tizimi yanada takomillashtirilmoqda.

Bugun jamiyat markaziy apparat xodimlariga KPI tizimining afzalliklari, uni ish faoliyatida qo‘llash, shuningdek, yangiliklar bilan xodimlarni tanishtirish maqsadida taqdimot o‘tkazildi.

Unda tarkibiy tuzilma rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari va bo‘lim boshliqlari, shuningdek SMK (samaradorligi muhim ko‘rsatkichlari) hisobotlarini shakllantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlar ishtirok etdilar.

Taqdimotda jamiyatda KPI tizimi samaradorligini monitoring qilish, tizimning ishlashi va natijadorligi bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, ko‘rsatkichlar to‘g‘ri yoki xato tanlanganligini o‘rganish, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, erishilgan yuqori natijadorlik uchun xodimlar moddiy rag‘batlantirilishi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

KPI dan foydalanish tashkilotga nafaqat samaradorlik va natijakorlikga erishish, balki faoliyatning ichki mexanizmlarini ham qayta ko‘rib chiqish imkonini beradi.

"O‘zbekneftgaz" AJ markaziy apparatida KPI ni tatbiq qilgan ishchi guruh a'zolari
"O‘zbekneftgaz" AJ markaziy apparatida KPI ni tatbiq qilgan ishchi guruh a'zolari
"O‘zbekneftgaz" AJ markaziy apparatida KPI ni tatbiq qilgan ishchi guruh a'zolari
"O‘zbekneftgaz" AJ markaziy apparatida KPI ni tatbiq qilgan ishchi guruh a'zolari

"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube