Murojaatlarga bo‘lgan munosabatlar tahlil etildi
2024 yil yanvar-noyabr oylarida “O‘zbekneftgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 668 ta murojaatning barchasi boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar kesimida tahlil qilindi. Tahlillar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25 foizga kamayganini ko‘rsatdi.
Jumladan, murojaatlarning 612 tasi jismoniy, 56 tasi yuridik shaxsdan kelib tushgan bo‘lib, ularda quyidagi masalalar ko‘tarilgan:
• 152 tasi (23%) ish masalasi;
• 70 tasi (10,5%) yoqilg‘i masalasi;
• 70 tasi (11%) ish haqi va moddiy yordam;
• 63 tasi (9%) mehnat munosabatlari;
• 40 tasi (6%) rahbarlarning noqonuniy hatti-harakati;
• 234 tasi (35%) boshqa masalalarni tashkil etdi.
Murojaatlarning 293 tasi qanoatlantirilgan, 331 tasi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan, 33 tasi rad etilgan, 11 tasi ish jarayonida.
Shuningdek, Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 252 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 237 tasi ijrosi ta’minlandi, 15 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
1 617 ta murojaatga rasmiy veb-saytdagi “Onlayn-maslahatchi” xizmati orqali, 2 050 tasiga “Ishonch telefoni” orqali tezkor javob va tushuntirishlar berildi.