Eng yaxshi startap loyiha va ratsionalizatorlik takliflar saralanmoqda
“O‘zbekneftgaz” AJ xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi innovatsion startap loyiha” hamda “Eng yaxshi ratsionalizatorlik taklif” tanlovlari e’lon qilinganidan xabaringiz bor.
Ushbu saralash tadbiridan ko‘zlangan maqsad yoshlarni faoliyatga doir muammolar yechimiga keng jalb qilish, ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalar va ratsionalizatorlik takliflarni rivojlantirish hamda mehnat unumdorligini oshirish.
Tanlovning 1-bosqichida tizimda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlardan jami 25 ta taklif kelib tushdi.
Hay’at a’zolari xulosasiga ko‘ra, ikkita nominatsiyadan 5 tadan, jami quyidagi 10 ta taklif tanlovning 3-bosqichiga o‘tkazildi:
“Eng yaxshi innovatsion startap loyiha” bo‘yicha:
• ““Uzbekistan GTL” MCHJ korxonasida ishlatilgan chiqindi katalizatorni qayta ishlash orqali import o‘rnini bosuvchi mahalliy mahsulot olish”;
• “Texnogen chiqindilarni qayta ishlash yo‘li orqali yangi mahalliy mahsulotlar olish”;
• ““E-talabnoma (Raqamli talabnoma)” axborot tizimini joriy etish”;
• ““O‘zbekneftgaz” AJ va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona bilan kooperatsiya asosida yangi turdagi gidroizolyatsiya mahsulot ishlab chiqarish”;
• “Dobicha litiya na obvodnennix skvajinax”.
“Eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi” bo‘yicha:
• ““Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning polietilen ishlab chiqarish bo‘linmasining reaksiya va resikl qurilmasi FF-2202A/B quritgichlari regeneratsiya tizimini metan/vodorod aralashmali gazdan yopiq tizimli azotga o‘tkazish orqali metan gazi sarfini tejash loyihasi;
• GTL naftani izomerlash va katalitik riforming qilish orqali yuqori oktanli benzin olish;
• Karbonat angidrid gazidan soda ishlab chiqarishning zamonaviy usuli;
• Qurilmada rejim almashinish jarayonidan unumli foydalanib, suyuq uglevodorodlar miqdorini ko‘paytirish;
• Yangi 33 km.lik gaz quvurini ta’mirlash paytida sarflanadigan 1 mln kub m. tabiiy gazni iqtisod qilish bo‘yicha taklif.
Tanlovning yakuniy bosqichi joriy yilning 14-16 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2024” 26-xalqaro ko‘rgazmasi doirasida o‘tkaziladi.