September 11

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi rejali ta’mirlashga tayyorlanmoqda

Ruscha

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda 2024 yilning 8 oylik faoliyati natijalari, ishlab chiqarish rejalari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va oktyabr oyida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlariga tayyorgarlik holati bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda oktyabrdagi ta’mirlash ishlariga tayyorgarlik, mutaxassislar shayligi, xavfsizlik choralari va ishchi-xizmatchilarning himoya vositalari bilan ta’minlanganligi muhokama qilindi.

Ta’mirlash jarayonlarini sifatli va talofotsiz o‘tkazish maqsadida texnologik uskunalarga mas’ul shaxslar biriktirildi, xarid jarayonlari ko‘rib chiqildi va xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

Majmuada amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari doirasida zaxira siklogeksan rezervuari qurilishi, energiya samaradorligini oshirish va muhandislik maktabi uchun binolar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ham muhokama qilindi.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook