Янгиариқ ТАКМ
@yangiariqakm
Xorazm viloyati Yangiariq tumani Axborot - kutubxona markazi
2 posts

Jek LONDON. Hayot qonuni (hikoya)

Keksa Koskushning butun vujudi quloqqa aylandi. Uning koʻzdan qolganiga ancha boʻlgan, lekin quloqlari avvalgidek sezgir, tiq etgan tovushni payqaydi. Yillar toʻzonidan xira tortgan onggi esa roʻy berajak voqealarga nisbatan mutlaqo befarq. Sit-kum-To-Xaning chinqiroq tovushi eshitildi. U itlarni chanaga bogʻlar ekan, qichqirgan koʻyi ularni savalamoqda. Sit-Kum-To-Xa unga nabira boʻladi, ammo qartaygan, hammaning yodidan chiqqan, qor ustida oʻtirgan aftodahol bobosi uchun shu tobda uning bekorchi vaqti yoʻq. Negaki qabila qoʻnimgohni tark etishga hozirlik koʻrmoqda. Oldinda olis yoʻl turibdi, kun esa sira uzayishni istamaydi. Oldinda ularni hayot va tiriklik qonuniyatlari kutmoqda, zinhor-bazinhor ajal emas. Chol esa endi ajalga shu...

Kitob haqida o’n savolga o’n javob

Уйимиздаги энг мўтабар китоблар — луғатлар. Луғатни ҳеч ким бирровга ўқиш учун бермайди. Ундан фойдаланаман деган киши, албатта, ўзи сотиб олиши керак. “Ўзбек тилининг изоҳли луғати” 5 жилдлиги, “Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати” 4 жилдлиги, “Фарҳанги забони тожикий” (“Тожик тилининг изоҳли луғати”) 2 жилдлиги, шунингдек, “Ўзбек халқ мақоллари”нинг 2 жилдлиги қўлга яқин ерда турадиган, деярли ҳар куни титкиланадиган китобларим бўлса керак.