December 20, 2018

Universal Zobit(soldat)...!

Bo'y o'sishi, aqliy rivojlanish hamda xotira pasayishi,jinsiy gormonlarni noto'g'ri ishlashi,tishlarni burdalanib to'kilishi barchasi bir narsaga endokrin tizimining ish faoliyatiga bog'liqligini eshitganmiz, qayerdadir o'qiganmiz. Bilasizmi, inson har kuni non iste'mol qilgan kabi normada yod ichib yursa,mutlaqo kasal bo'lmas ekan.

Barchaga ma’lumki,hamma garmonlarni ishlab chiqarishni me’yorlashtiradigan qalqonsimon bez inson organizmidagi eng muhim organdir. Bilasizmi,bizning jismoniy, aqliy, emotsional va ruhiy holatimiz «boshqaruvchi gormonal fon»ga, gormonal fon esa qalqonsimon bez faoliyatiga bog`liq. Ha aynan shunaqa, xuddi zanjir  kabi organizmga yod yetishmasligi garmonlar faoliyati buzilishiga, bu esa qalqonsimon bez ishining buzilishiga olib keladi.

Insonga umri davomida, ona qornida paydo bo`lishidan o`limiga qadar yod kerak.

Tibbiyot xodimlarining fikricha, homiladorlik davrida yod yetishmasligi bolada aqliy zaiflikka olib kelishi mumkin ekan.

Shuning uchun ham ona va bola organizmi yod miqdori tekshirilib turilishi kerak. Yod bolaning tug`ilganidan so`ng aqliy,intellektual rivojlanishida yaxshi ta’sir ko`satadi

Yod tanqisligi esa quyidagilarni keltirib chiqarishi mumkin:

• bolaning intellektual rivojlanishi pasayishi va aqliy rivojlanmasligi;

• to’satdan qattiq holsizlik, diqqatni jamlay olmaslik, xotirani pasayishi;

• soch to’kilishi , terining yomonlashishi, jinsiy rivojlanish kechikishi;

• jiddiy va xavfli endokrin kamchiliklar, keng tarqalgan endemik zob va boshqa qator kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Butunjahon Sog`liqni Saqlash ma’lumotlariga ko`ra yod tanqisligi eng keng tarqalgan 40 ta kasallik ichida 3 -o`rinda turadi. Yana, yoshlik chog`ida yod tanqisligi kuzatilgan dunyo aholisining 20 mln kishiga aqlan zaif tashxisi qo`yilgan.

Asalning ozi shirin deganlaridek, yodning miqdori ham nazorat qilinishi kerak. Yod tanqisligi yoki yodning ko`payib ketishi birday zararlidir. Baliq va daryo mahsulotlarida (krevetka, qisqichbaqa, sakkizoyoqdan tashqari) yod miqdori ko`pligi uchun, ularni ko`p iste’mol qiladigan odamlar yod olib ichishi zarur emas.

Kunlik yod miqdorini qabul qilish me’yori 100 – 150 mikrogramm.

Butunjahon Sog`liqni Saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko`ra, kunlik yod miqdorini qabul qilish quyidagicha:

• 2 yoshgacha bo’lgan bolalarga 90 mkg;

• 2 yoshdan katta, o’smir va kattalarga 150 mkg;

• homilador va emizikli ayollarda 250 mkg deb belgilangan.

Feyxoa haqida ma’lumotga egamisiz? Chetdan keltiriladigan ekzotik meva 100 gramm feyxoa  tarkibida 10 – 25 mg yod mavjud ekan. Dengiz karami (laminariya), xurmo, grek yong`og`i, tresko balig`i, jigar, kartoshka, sariqsoq piyoz ham yodga boy mahsulotlar sirasiga kiradi. Yana, butunjahon miqyosida aholi sog`lig`ini saqlash uchun eng arzon va samarali vosita yodlangan tuzdir. Hattoki, dunyoning 130 mamlakatida oddiy tuzni yodlab iste’mol qilish haqida qonun qabul qilingan. Chunki yodlangan tuz yodga bo`lgan talabning 95 % ini qoplaydi.

Yod tanqisligida yodli oziq – ovqat va yodlangan tuzdan tashqari yod preparatlari ham ayniqsa foydalidir. Yod preparatlarining narxi va qayerda ishlab chiqarilishidan ko`ra, tarkibidagi kaliy yodidining  borligi muhim.

Jajji bolajonlarimiz aqliy intellektual rivojlanishi va sog`lig`ini saqlashi uchun yod qanchalik zarur ekan – a?!

Mehribon yaratuvchi Olloh har bir narsani hisobga olib, buni ham chorasini ko'rib qo'ygan ekan. Inson sog'lig'i va yashashi uchun har bir noz-ne'matda foydali vitamin va minerallar mavjud. 1dona olma danaklarida bir kunlik yod miqdori borligi tibbiyotda tasdiqlangan ekan. Olmaning po'stini artmasdan va danaklari bilan birga qo'shib yeng. Chunki po'sti tagida magniy minerali, danaklari nechta bo'lishidan qat'iy nazar, kunlik yod miqdori mavjuddir. Har bir ishda xikmat bor, ona tabiat g'amxo'rlik qilib yozin-qishin vitaminlarni yetkazib beradi.