February 5, 2019

Nega “kichik odamchalarda” ich buzilishi kuzatiladi?

Bolajonlarning ichi gohida me’yoriy, gohida suyuq, gohida esa qotib qoladi. Bu qandaydir kasallik belgisimi yoki odatiy holmi?

Bu holat koʼpincha buzilgan ichak sindromini keltirib chiqaradi. Ushbu tushuncha hech qanday sababsiz ichak va oshqozon osti bezi faoliyatidagi buzilishlarni bildiradi. Bu vaqtda organizmda yalligʼlanish boʼlmaydi, chaqaloqda ham biror-bir ovqatni koʼtara olmaslik xususiyati kuzatilmaydi. Buzilgan ichak sindromida (qisqacha — BIS) bolada ich ketishi turli holatda almashinib turadi. Baʼzan kichkintoyni qorindagi «uchuvchi» ogʼriqlar bezovta qiladi. Ular toʼsatdan paydo boʼlib, birdaniga oʼtib ketishi mumkin, baʼzida esa kuchli va uzoq davom etadi.

Kasallik sabablari

BISning sabablari turlicha boʼladi. 1 yoshgacha boʼlgan bolalarda u oxirigacha shakllanmagan oshqozon- ichak traktining boʼlimlari bir-biri bilan kelishmagan holda ishlashi tufayli yuzaga keladi, yaʼni oshqozon osti bezi ichakdagi qisqarishlar ortidan ulgurmaydi (yoki aksincha, ichak kechga qoladi) yoxud oshqozon-ichak traktining turli boʼlimlari oʼzaro «nizo» qilishadi. Bundan tashqari, koʼp holatlarda muvozanat yoʼqolishiga disbakterioz sababchi boʼladi.

Nima qilish kerak?

Аgar BIS oʼz vaqtida davolanilmasa, kasallik uzoq vaqtga choʼzilishi va ichakda yalligʼlanish yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli bolani tezroq bolalar gastroenterologiga koʼrsatgan maʼqul.

Oldiniga shifokor tahlil topshirishni tayinlaydi. Masalan, bola axlati disbakterioz va koprologiyaga tekshiriladi yoki qorin boʼshligʼidagi aʼzolarda ulьtratovush koʼrigi oʼtkaziladi. Bundan tashqari, bolaga dori-darmonlar ham kerak boʼladi: ovqatni hazm qilish uchun zarur boʼlgan fermentlar, disbakteriozni davolovchi vositalar, ichak sohalari orasidagi «nizoni» bartaraf etuvchi prokinetik preparatlar kabi.

Bolaning ovqatlanish tartibi

Ovqatlanishdan qat’iy nazar, shifokor bolaga foydali ichak florasi koʼpayishini ragʼbatlantiruvchi va ovqat hazm boʼlishini yaxshilovchi aralashmalarni (Fri- sovom, Friesland Nutrition; Bifidus, Semper; Laktofidus, Danone) tayinlashi mumkin.

Аgar bolaning stolida yangi mahsulotlar paydo boʼlsa, kichkintoyni ular bilan ehtiyotkorona tanishtiring. Bunda haftasiga bitta yangi mahsulot, degan qoidaga amal qiling. Bola sutli va goʼshtli taomlarni isteʼmol qilayaptimi? Tvorog, qatiq, yogurtni har kuni oldingi hajmda beravering. Goʼshtli pyureni esa kamroq 2-3 kunda bir marta bering. Agar shunday holat kuzatilayotgan bo’lsa, tuxum sarigʼini berishni 6 oydan boshlab emas, sal ortga surgan maʼqul.