December 27, 2018

Agar bola odamovi bo’lib o’sayotgan bo’lsa: ota-onalar uchun foydali tavsiyalar!

Afsuski, odamovilikdan xalos bo'lishning universal usuli yo'q. Biroq, kattalar o'z faoliyatlarini qancha oldinroq boshlasalar, vaziyatni yaxshilash ehtimoli shuncha yuqori bo'ladi.

Farzandingiz ochiq va o’ziga ishonuvchan bo’lishiga yordam berish uchun quyidagi ko'rsatmalarga amal qiling: bola o’ziga bo’lgan ishonchni eng yaqin insoni - onasidan oladi, shunday ekan uni Seving. Farzandingiz bilan ishonchli suhbatlar o’tqazing. Farzandingiz bilan tez-tez muloqot qiling, his-tuyg'ularingizni o'rtoqlashing, savollar bering. Farzandingizga muhokama qilinayotgan vaziyat haqida o'z fikrlarini va his-tuyg'ularini ifodalashga imkon bering.

Bolangizni qo'llab-quvvatlang va uni kichik yutuqlari uchun maqtang; uning yoshida ko'plab bolalar odamlar bilan muloqot qilishida qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligini va bu qiyin davrni muvaffaqiyat bilan yengib o'tishlarini tushuntiring. Bunday bolalar bilan muntazam ravishda odam govjum joylarda birgalikda sayr qilish yaxshi foyda beradi. Birga bog’larga yoki o'yin maydonchasiga borishingiz mumkin. Bunda bolani biron bir harakatga majbur qilib, shoshiltirmang. Ehtimol, avvaliga bola ichki hayajonni boshidan kechirishiva chetda hushyor bo’lib turishi mumkin.

Bola notanish atrof-muhitga o'rganishiva boshqa bolalar bilan tanishishi uchun ma’lum vaqt kerak bo’ladi. Bola bilan paypaslab (taktil) ehtiyotkorlik bilan aloqa o’rnating. Muloqot vaqtida bolani qo'lidan ushlab turing. Har doim u bilan birga ekanligingizni vato'liq xavfsizlikda ekanligini bildiring. Uxlashga yotishdan oldin taktil aloqa natijasida his qiladigan noxush hissiyotlarini bartaraf etishva mushaklarining siqilishini yo’qotish uchun bolaga massaj olishingiz mumkin.

Sun'iy ravishda bolaning odamlar bilan suhbatlashishi lozim bo'lgan vaziyatlarni yarating. Masalan, boladan ozgina iltifot ko’rsatishni iltimos qiling. Bu do'konga borib tanimagan sotuvchidan ma'lum bir mahsulot narxini bilib kelishi kerak bo’lsin va hokazo. Ehtimol, bola darhol gaplashishga jur'at eta olmasligi mumkin. Bir muncha vaqt o'tgach, yana qayta iltimos qiling. O'qituvchilar va murabbiylar bilan suhbatlashing. O'qituvchi yoki murabbiyning bola bilan o'zaro munosabatlariga e'tibor bering. O'qituvchiga vaziyatni bayon qiling, dastlabki davrda bolani doska oldiga chaqirmasligini iltimos qiling. Ijobiy namuna ko'rsating. Boshqa ishlarni keyinga qoldirib, oila a’zolari bilan ko'proq muloqot qiling.

Tuyg'ularini ifodalashga o’rgating. Ko'p onalar farzandlarini ortiqcha so’zlarsiz, intuitiv tarzda tushunadilar. Biroq, odamovi bolani beparvolik bilan ochiq suhbatlarga olib borishi kerak.Shu bilan birga, oilaviy muhim masalalarni muhokama qilishda qo'shimcha savollar berish va bolaning fikrini bilish tavsiya etiladi. Bolangizga uzoq vaqt kompyuterda o'tirishiga yo'l qo'ymang. Odamovi bolaga uni muloqot qilishga turtki beradigan birgalikdagi faoliyatlar foyda keltiradi. Bola o’zining bo'sh vaqtini ota-onasi bilan ijodiy mashg’ulotlarga, ko’chadagi tengdoshlari bilan faol o'yinlarga va sport mashg’ulotlariga bag'ishlashi mumkin. Siz farzandingizni qiziqishlariga asosan to’garaklarga a’zo qilib qo’yishingiz mumkin.

Ota-onalar bolalardagi odamovilik muammosini bartaraf eta olmasalar va bolaga o’zini namoyon qilishiga yordam bera olmasalar, bolalar psixologi yordamiga murojaat qilishlari mantiqan to'g'ri bo’ladi.