January 7, 2019

Ota-onalar diqqatiga: bolangizda kamqonlik bo'lsa...

👶 Chaqaloqqa barvaqt sunʼiy ovqatlar berish, echki va sigir suti bilan boqish, faqat sutli yoki xamirli ovqatlar isteʼmol qilish, goʻsht mahsulotlarini kam yeyish, shuningdek, temir, mis, rux, kobalt, marganets singari minerallarga extiyoj ortishi temir yetishmovchiligiga olib keladi.

Katta yoshli bolalarda surunkali yukumli kasalliklar, gijjalar, surunkali qon oqishi, pala-partish ovqatlanish, ovqatda goʻsht va sabzavotlarning kam boʻlishi, ayniqsa, balogʻatga yetayotganda organizmda temir, hamda mineral tuzlar tanqisligi, qiz bolalar hayz koʻrishi davrida koʻp qon ketishi kamqonlikka sabab boʻladi.

Belgilari quyidagilar:

Kamqon bemor yaxshi uxlay olmaydi yoki aksincha uyquchan bo'ladi. Xotirasi va aqliy faoliyati pasayadi. Meʼda-ichak ishi buziladi. Ovqatni yutish, qiyinlashib, yeyilgan taom yaxshi hazm boʻlmaydi. Bemor yo'talganda va kulganda peshobini tuta olmaydi. Boshi og'rib, yuragi gupillab uradi. Dim xonada ahvoli yemonlashadi. Аna shunday alomatlar kuzatilganda, bolani zudlik bilan shifokorga olib borib, tekshirtirish va zarur boʻlsa, albatta, davolatish kerak.

Kamqonlik bor-yoʻqligini aniqlash uchun, asosan, gemoglaobin miqdori tekshiriladi. Bu faqat laboratoriya tekshiruvi orqali aniqlanadi.

Gemoglobin meʼyori 5 yoshgacha boʻlgan bolalarda 110 g/l, kattaroq bolalar va ayollarda 120 g/l, erkaklarda esa 130 g/l.dan yuqori boʻladi.

Temir tanqisligining yashirin va ro'y-rost namoyon boʻladigan davrlari mavjud. Kasallikning birinchi va ikkinchi davri alomatlarsiz kechadi. Kamqonlik rivojlanganda gemoglabin miqdori kamayib ketadi. Gemoglabin 70 g/l.dan past boʻlsa, ogʻir darajadagi kamqonlik, 90 g/l.dan past boʻlsa, oʻrtacha ogʻirlikdagi kamqonlik va 90 g/l.dan 120 g/l.gacha yengil darajadagi kamqonlik hisoblanadi

Har bir ota-onani qiziqtiradigan savollardan biri: Qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?!

Kamqon bolalar aqliy rivojlanishdan ortda qolishadi, xotiraning pasayishi, tez kasallikka chalinishi kuzatiladi. Darslarini yaxshi oʻzlashtira olishmaydi. Tengdoshlaridan ortda qoladilar. Yosh bolalarning miyasi kislorod yetishmovchiligiga juda sezgir boʻladi. Аgar bolani ikki yoshgacha davolatilmasa, shu ka'bi asoratlar bir umrga saqlanib qolishi mumkin.

Аyniqsa, ularda yuqumli kasalliklar ogʻir kechadi. Emadigan chaqaloqlarda onasining kamqonligi tufayli, albatta, anemiya rivojlanadi. Onaning koʻkrak suti kamayib ketadi. Shundan keyin bolani aralash va sunʼiy ovqatlantirishga oʻtkazishdan boshqa iloj qolmaydi. Eng yomoni, kamqonlik bilan ulgʻaygan oʻgʻil bolada ilm olishga ishtiyoq so'nadi. Balogʻat yoshidagi qizlar esa kamqon boʻlsa turmushga chiqqanida bu kasallik yanada zoʻrayadi. Natijada ona-bola sogʻligʻiga putur yetadi.

Terining quruqlashishi, og‘iz burchagining va tovonning yorilishi, sochning tez sinishi va to‘kilishi, tishlarning mo‘rt bo‘lib yemirilishi, tirnoqlarning yup­qalashishi, ko‘chishi va sinishi, tirnoq shaklining o‘zgarishi, hid sezishda (quruq yerdan suv sepilganda chiqadigin hid, shuningdek, kerosin, benzin, tamaki, mashina motoridan chiqadigan hidlarni yoqtirish) va ta’m bilishda (kesak, gilvata, choy shamasi, xom go‘sht, makaron, guruch yeyishga moyillik) kabi o‘zgarishlar kuzatiladi.

Kamqonlikni bartaraf etishda to‘g‘ri va sifatli ovqatlanish, shuningdek, bemor to‘yib uxlashi hamda uni stress (ruhiy zo‘riqish), depressiya (tushkunlik)dan asrash alohida ahamiyatga ega.

To‘g‘ri ovqatlanish deb nimani tushuniladi?

Temir moddasiga juda boy ozuqalar bu - dukkaklilar va yormalardir. Shuning uchun ham ular go‘sht o‘rnini bemalol bosa oladi. Lekin bu mahsulotlarni ham ingibitorlar bilan birga iste’mol qilish kerak emas.

📌 Ushbu omil temir yetishmovchiligining oldini olishda juda muhimdir. Inson hayoti davomida temir moddasi va vitaminlarga boy oziq-ovqatlar iste’mol qilishi lozim. Ingibitor (choy, qahva, sun’iy bo‘yoqli, gazli ichimliklar)larni kamroq ichish zarur. Chunki, ular ovqatdagi temir moddasining so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi. Promotor (meva-sabzavot)larni esa ko‘proq istyemol qilish kerak. Ular aksincha, temir moddasining yaxshiroq so‘rilishini ta’minlaydi.

💖 Inson tarkibida temir moddasi mo‘l bo‘lgan mahsulotlar – mol, qo‘y, tovuq jigari, buyragi, yuragi, til, grechka, qora mayiz, qora olxo‘ri, olma, nok, turshak, anjir qoqi, qora olxo‘ri, shaftoli qoqi, ismaloq, petrushka, qizil loviya, chala pishirilgan uy tovug‘i tuxumi, qizil lavlagi, loviya, baliq, no‘xat, mosh, jo‘xori, yalpiz, yeryong‘oq, yong‘oq, bodom, kungaboqar (pista) kabi mahsulotlarni tarkibida S darmondorisi mo‘l sitrus mevalar, qizil bulg‘or qalampiri, karam, ko‘k piyoz, sarimsoqpiyoz, oshqovoq, pomidor, sabzi, qulupnay, malina, tarvuz, qovun kabi meva-sabzavotlar bilan qo‘shib iste’mol qilishlari zarur.✔