Mening bolalarim yana urushmoqdalar...
Ota-onalar farzandlari orasidagi janjalni qanday qilib oldini olishlari mumkin?
Ota-onalar uchun o'zlarining farzandlari orasidagi urushdan ko'ra ko'proq yoqimsiz holat bo’lmasa kerak. Ko'pgina ota-onalar aralashishga harakat qiladilar, lekin odatda bunday urinishlar istalgan muvaffaqiyatga olib kelmaydi. Ba'zan ular urushni avj olishini to'xtatishga muvaffaq bo'lishadi, lekin uning boshlanishiga to'sqinlik qilish mumkinmi? Ota-onalar bolalar o'rtasidagi janglarga nisbatan chidamli bo'lib, ularni oddiy xol deb qabul qilishadi.
Ota-onalar ko'pincha bolalar o'rtasida qanday qilib janjal va urushlar yuzaga kelishi haqida o'ylamaydilar, ammo agar bu hodisani yuzaga kelish sabablarini bilsalar, bu kabi noxush vaziyatlarning oldini olish uchun oson bo'lishi mumkin. Farzandlaringiz tez-tez jang qilsa, sevimli bolalaringiz bilan qanday munosabatda bo'lishingizni o'ylab ko'ring, bolalarga ta'sir o'tkazish usullari qanday?
Quyidagi hollarda urushni qo'zg'atish oson:
• bolalar o'rtasida raqobat yaratish, ularni bir-biri bilan taqqoslash("qaragin akang sandan ko’ra yaxshiroq bajardi!" yoki "San ukang singari yaxshi o’qisang bo’lmaydimi?"). Har bir bolani faqat o'zi bilan taqqoslash mumkin va xatolarni ta'kidlash kerak emas, lekin uning yutuqlarini aytib maqtang, masalan, "Bugun sen uy vazifangizni kechagidan ko'ra yaxshiroq qilding";
• bolaning o'ziga xos xislatatlarini hurmat qilmaslik va boshqalarning oldida muhokama qilish , masalan, kattalar yoki tengdoshlarining orasida xarakteridagi ba’zi bir kamchiliklarni yoki tashqi ko'rinishini muhokama qilish.
Ota-onalar, o’zaro jangni yanada kuchaytiradilar, agar:
• u yoki bu bolani yonini olib hukm chiqarish (muhokama qilish, kim haq va kim nohaq) ;
• nafaqat begonalar, balki tug’ishgan opa-singillariga yoki aka-ukalariga nisbatan salbiy his-tuyg'ularini inkor etish, masalan: "San o’z singlingdan shunchalik nafratlanasanmi? Axir,San uni juda sevasanku ... Bundan tashqari san undan kottasan". Shu kabi izohlar faqat olov yoqadi;
• biror narsani bir-biri bilan bo'lishishga majbur qilish yoki biridan olib ikkinchisiga tutqazish;
• boladan aka-uka yoki opa-singillarini foydasiga o’z xoxishidan voz kechishlarini so'rash;
• ota-onalar kuchlaridan foydalanib, bolalarga qichqirish, baqirish yoki ularni urishlari.
Faraz qilaylik, jangning paydo bo’lish sabablarini tushunib, ularni bartaraf etishga urindingiz. Biroq, janglar to'xtamadi. Nima qilsa bo'ladi? Qanday qilib ota-onalar kurashni to'xtatishlari va bolalarni qiyin vaziyatlardakuch ishlatmasdan harakat qilishlariga o'rgatishlari mumkin? Shunday qoidalar mavjudki, nafaqat eslab qolish, balki amalda qo’llash ham oson.
Davomi bor...