February 11, 2019

Bolalarda pulga oqilona munosabatni qanday tarbiyalash kerak?

"Farzandlar bilan pul haqida qaysi yoshdan boshlab gaplashashish mumkin?" degan savol ko’pgina ota-onalarni bola ulg’ayishni boshlaganda va maktabga tayyorlanayotganda tashvishga solishni boshlaydi. Ya’ni, ular kundalik muammolarni mustaqil ravishda hal qila oladimi, masalan, maktab oshxonasida yegulik sotib olishi mumkinmi degan savollar haqida o'ylashni boshlaganlarida. Aytgancha, bugungi kunda ko'plab maktablarda naqdsiz to'lov shakllari, ya'ni karta bilan to'lovlar tashkil qilingan. Shunga ko'ra, bu yerda ham quyidagi savollar paydo bo'ladi: kartani qanday to'ldirish mumkin? Buni kim amalga oshiradi? Bola kartani yo'qotib qo’ysa nima qilish kerak? Bolada qanday cho'ntak xarajatlari bo’lishi mumkin? Oziq-ovqat va sarf-xarajatlar uchun qancha pul ajratish kerak? Bunday savollar tobora ko’payib boraveradi.

Bundan tashqari, maktab hayoti boshlanishi oldidan, pul bilan muomala qilishning boshlang’ich ko’nikmalari - moliyaviy xavfsizlikni anglash, o'z ehtiyojlari haqida tushunish va ularni istaklardan ajrata olish, harid qlish, pul to'lash va qaytim olish qobiliyati bolalarda allaqachon shakllangan deb taxmin qilinadi.

O’z-o’zidan quyidagi xulosa kelib chiqadi - bolalar pul bilan to'g'ri muomala qilishni erta yoshodanoq o'rganishi kerak. Ba'zi bir onalar bolani hayotining birinchi yillaridanoq moliyaviy dunyo bilan tanishtirishni boshlaydilar. Albatta, bolaqa kreditlar va depozitlar haqida gapirishning hojati yo'q. Har qanday rivojlanish, jumladan moliyaviy jihatdan rivojlanish ham bolaning yoshiga mos kelishi kerak. Shuning uchun ko’rgazmali o’rgatish bilan boshlash kerak. Soddaroq qilib aytsak, masalan, unga tangalar bilan o'ynab ko’rish imkoniyatini bering (oldindan yaxshilab yuvilgan bo’lsin). Siz tangalaringizni banka idishiga solib ularni shaqillatib ko’rishingiz mumkin, u yog’iga bolaning o’zi bu xazina bilan nima qilish kerakligini o’ylab topadi. Bola tangalar bilan o'ynashi, ularni aqchadon teshigiga solishi, ularni bankaga solib qo'yishi mumkin (albatta bularning barchasi kattalar nazorati ostida amalga oshirilishi kerak). Bunda eski plastik kartalardan - diskont va bank kartalaridan ham foydalanishingiz mumkin, axir deyarli har bir uyda bunday kartalarning to'plami topilsa kerak.

Hayotda bizni o'rab turgan har qanday narsa qanday bo'lmasin pul bilan bog'liq. Shu sababli, alohida bir narsa kashf qilishning hojati yo'q. Siz oddiygina bolaning e'tiborini moliyaviy holatlarga qaratishingiz mumkin. Moddiy dunyoda bolaning atrofidagi narsalarning qiymatini tushunish - muhimdir. "Qimmat" va "arzon" tushunchalari bolaga hali hech narsani anglatmaydi. Shuning uchun ota-onalar har bir narsaning qayerdan olinishi haqida aytib berishlari kerak, masalan: "Biz do'konda un harid qildik. Un u yerga qanday kelib qoldi? Avvalo dehqon bug'doyni ekadi, keyin hosilni yig’ib oladi va zavodga olib keladi. U yerda un tayyorlashadi va do'konga olib kelinadi’.

Foydali odatlar: do’konga bola bilan birga borish.

Bolaning moliyaviy taraqqiyoti uchun do'konga bola bilan birga borish foydali bo'ladi. Odatda, bolalar taxminan uch yoshida o'zlarining "istaklarini" namoyon qila boshlaydilar. Bu yoshda, ular ongli ehtiyojni o'yinchoq yoki shirinlik olish istagidan farqlay olish qobiliyatiga ega emaslar.

Shunday bo’lsa ham, bu yoshda (va hatto undan oldin) uni ehtiyojlar muhiti bilan tanishtirish mumkin. Do'konga borishdan oldin, ota-onalar ehtiyojlar stsenariysi haqida bolaga aytishlari kerak. Misol uchun: "Bugun biz do'konga boramiz va sen sog'lom bo'lishing uchun meva va yogurt sotib olamiz. Otang uchun  kotletalar sotib olamiz, chunki u ishlaydi va kuchli bo'lishi kerak. Va onang uchun muzqaymoq va sabzavotlar sotib olamiz. Onang chiroyli va mehribon bo'lishi kerak va buning uchun unga vitaminlar va shirinliklar zarur". Bola ota-onalar harid qilishga oqilona yondashayotganliklarini his qiladi.

U har bir narsaning haridlar savatiga nima uchun tushayotganligini tushunishi va onasi unga bu haqida aytib berishi kerak. Kattaroq yoshdagi bolalar kattalarga oziq-ovqat tanlashda yordam berishlari mumkin. Agar bola to'g'ri tanlov qilgan bo'lsa, uni maqtab qo’ying. Agar xato qillsa, xatosini tushuntiring. Taxminan besh yoshidan boshlab siz byudjet haqida kelishib olishingiz mumkin, chunki bu yoshda bola uni narx-navo bilan taqqoslay oladi. Masalan, o'yinchoq do'koniga borarkan, onasi bolaga 5000 so’m beradi va ularni o'z xohishiga qarab sarf qilishi mumkinligini aytadi. Aytgancha, reklama kataloglari istak va ehtiyojlarni muhokama qilish uchun yaxshi vosita bo'lishi mumkin. Bolangiz bilan rasmlarni korib chiqing, u yoki bu narsani harid qilish zaruriyatini muhokama qiling.

Masalan, bir variant sifatida, bolani biron-bir oilaviy tadbir uchun smeta tuzishga jalb qilishingiz mumkin. Kino yoki kafega oilaviy borish rejalashtirilgan bo’lsa, undan oldin siz taxminiy harajatlar rejasini tuzishingiz kerak - chiptalar, muzqaymoq, sharbat, transport harajatlari. Bolaning o'zi istagan narsaga sarflaydigan alohida mablag'ni ajratishi joizdir. Ushbu tajribaning davomi sifatida bolaga kundalik cho’ntak pullarining muntazam ravishda berilishi bo'lishi mumkin. Bu sizning farzandingizga daromadlarni harajatlar bilan taqqoslash orqali byudjetini rejalashtirishni o'rgatadi.

Cho’ntak pullari - moliyaviy tarbiyalashning asosiy vositasidir, lekin uni ehtiyotkorlik bilan ishlatish, juda kam miqdorda pul ajratishdan boshlash kerak.

Bolalar uchun moliyaviy ertaklar va o'yinlar.

Bola o'sib ulg'ayganida siz u uchun moliyaviy ertaklarni o’ylab topishingiz mumkin. Bu qiyin emas, faqatgina ichki iqtisodiy vaziyatni olib, uni mashhur ertak qahramonlariga o'tkazing. Masalan, ishbilarmon tulki haqida ertak aytish mumkin, u qaymoq sotib olish uchun do'konga boradi, ta'mirlashni amalga oshiradi, sayohat qilish uchun pul yig’adi.

Agar sizda mustaqil ravishda hikoya o’ylab chiqarish odati bo'lmasa, unda iqtisodga yo’naltirilgan hikoyalarni tanlab olishingiz mumkin. Bunday hikoyalar kam emas: "Tovuq Ryaba ", "Teremok", "Morozko" va boshqalar. Bugungi kunda, mualliflik huquqiga ega bo’lgan moliyaviy ertaklarni ham topishingiz mumkin, masalan: Eduard Matveyevning “O'rmon birjasi” hikoyasi.

Bundan tashqari, bolaning moliyaviy jihatdan rivojlanishi uchun: "Monopoliya", "Hayot" iqtisodiy o'yinlari foydali bo'lishi mumkin.

O'ynash uchun pullar va vaziyatli kartalar - bu bolaning moliyaviy rivojlanishi uchun juda yaxshi trenajyordir; Kasb-hunar shaharlari – bu ajoyib tanlov! Bolalar pul va moliya kompaniyalari bilan tanishadilar, tengdoshlari o’rtasida yangi tanishlar orttiradilar, maqsadlarini belgilaydilar va ularni hal qilish usullarini qidiradilar; bolalarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan maxsus seminarlar va kurslar.

Biroq, pul mavzusi haqida gapirmaslik kerak emas, ayniqsa, bolalar bu haqda savol bersalar. Bu ular uchun tushunarli bo'lishi kerak bo'lgan haqiqiy moddiy hayotdir. Oila og'ir moliyaviy ahvolda bo'lgan taqdirda ham, bu haqda bolaga tushunarli so'zlar bilan aytib berishingiz kerak.

@yoshonakundaligiga obuna bo'ling...