Bolangiz sizga ”yopishib” qolganmi?
Onasining etagidan ushlab yuradigan go’daklarni ko’rganmisiz? Hojatga kirganida xam orqasidan borib, eshikni biroz ochib undan ko’z uzmay turadigan bolalar xam bor.
Bola nega o’zini bunday tutadi? Ota-onaning farzand yonida bo’lishi bolaga tinchlanish va bexavotirlik xissini beradi. Bu extiyoj farzandining uch-to’rt yoshigacha davom etadi. Agar ”o’zi bilan o’zi” o’ynagan bolangiz birdaniga sizga ”yopishib” olsa, bu uning psixikasidagi keskin o’zgarishni anglatadi. Bu keskinlik qo’rquv, xavotir kabi nerv qo’zg'alishi bilan bog'liq bo’ladi. Bog'chaga endi o’rganayotgan bolada xam shu xolat kuzatiladi. Undagi doimiy xolat o’rniga yangilik yoki o’zgarish bo’lishi doim xam ijobiy ta'sir etmaydi va bu narsa bolaning ota-onasiga qattiq bog'lanib qolishi bilan izohlanadi. Bolaning bog'chaga juda tez o’rganishida ham psixologik sabab bor. Demak, farzandingiz uydagi muhitdan ko’ra bog'cha muhitini, onasidan ko’ra bog'cha opasini ma'qul ko’rmoqda. Oilada tinimsiz mojaro va nizoli vaziyatlarning bo’lishi xam nerv ko’zralishlariga sabab bo’ladi. Bu holat bolada qo’rquv hissining paydo bo’lishi, uyqusining buzilishi, tez-tez kasal bo'lish, injiqlik, qaysarlik, ishtahasizlik, o’sishdan qolish, ko’p yig'lash, kayfiyatsizlik, yolg'izlikka intilish kabi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Ba'zi ota-onalar bolalariga bo’lgan mehrini qimmatbalo sovg'alar ko’rinishida bermoqchi bo’ladilar. Bu to’g'ri deb o’ylaysizmi?
Nima qilish kerak?
1.Farzandingiz sizga yaqin bo’lish istagini bildirayotgan bo’lsa, uni yoningizdan itarmang. Agar bola onasining sovuq munosabatini bilib qolsa, qattiq ruxiy stressga tushadi, eng yaqin ximoyachisidan ayrilishni fojia deb qabul qiladi. Uning onasiga yaqin bo’lish ehtiyoji aslo injiqliq emas.
2.Agar farzandingizning sizga bo’lgan ehtiyoji sababini topmasangiz va bu ehtiyojni o'z vaqtida qondirmasangiz u bu xolatni ko’tara olmay, kasal bo’lishi yoki butunlay yolg'iz qolib, bolalarga qo’shilmasligi va muammolari bilan o'ralashib qolishi mumkin. Bolangiz mehrga to’yib, o'ziga bo’lgan ishonchni tiklab olar ekan, yana avvalgidek quvnoq va hayotga intiluvchan bo’lib yashayveradi.
3.Farzandingiz uchun vaqt ajrata olmasangiz, uning eng yaxshi ko'rgan mashg'uloti bilan shug'ullanishiga ruxsat bering. O’rtoqlarini mexmonga chaqirishingiz ham mumkin.
4.Uyingizga mexmon kelsa farzandingizning injiqliq bilan etagingizga yopishib” olishi sizga ko'p qiyinchilik tug'diradi. Mexmon oldida unga e'tiboringiz ko’pligini namoyon qiling. Mexmonlar oldida begonasirab o’tirmasligi uchun bolangizni mehmonlar bilan tanishtirish maqsadga muvofiqdir.
Bilib qo'yganingiz yaxshi
Bola ota-onasining bag'ridagina o’zini mehrga to’ygan va baxtli sezadi.
Farzandingizga mehringizni ko’rsatishdan cho’chimang. Bolangizni ko’p va tez-tez bag'ringizga olib, mehr va ishonch bilan “men seni juda yaxshi ko’raman!” deb ayting. Sochlarini to’g'rilang, yuzini silab qo’ying. U o’z qadrini sezib, o’zining oilada kerakli ekanini xis qiladi.
Farzandingizga biror muxim, lekin uncha murakkab bo’lmagan vazifani yuklang. Bu bolangizda javobgarlik xissini shakllanishiga sabab bo’ladi. “nega polni yuvmading!" degan tanbex berish o’rniga “ Mehmonlar kelishsa, polimiz yaraqlab tursa, senga rahmat aytadilar”, deb farzandingizni rag'batlantiring.
Farzandingiz uxlab yotganida, uni uyda yolriz qoldirib, qo’shninikiga chiqishni o’ylamang. Chunki bola uyg'onib, sizni topa olmasa, qattiq qo’rqib ketishi mumkin. Bu esa jiddiy psixologik jarohatga olib keladi. Oqibatda farzandingiz katta bo’lganida xam uyda bir o’zi uxlashdan, yolgiz qolishdan qo’rqishi mumkin.
Manba: " Bola tarbiyasida psixolog maslahati" kitobidan olindi.