December 27, 2018

Agar farzandingiz odamovi bo’lib o’sayotgan bo’lsa!

Shunday holatlar mavjudki, bunda bola atrofidagi olamni, uning shaxsiy ichki dunyosiga da'vo qiladigan insonlar yashaydigan noqulay, adovatli joy deb biladi. U o'zi bilan o’zi bo’lib qoladi va hech kim bilan, hatto tengdoshlari bilan muloqot qilishni istamaydi. Agar bola odamovi bo'lib o’ssa, ota-ona darhol, kechiktirmasdan harakatga tushishi kerak. Vaziyat nafaqat o'z-o'zidan o'zgarmaydi, balki, yoshi ulg’aygan sari faqat chuqurlashadi.

Odamovi bola - bu qanday bola?

Avvalo, odamovilik va uyatchanlik o'rtasidagi farqni anglab olish kerak. Va, albatta, bu farq mavjud. Uyatchan bola muloqot qilishni istaydi, lekin o'ziga ishonch bo’lmaganligi tufayli bu istagini hayotda amalga oshirish uchun jasorat topa olmaydi. Bola boshqalar bilan muloqot qilish vaqtida juda hayajonlanadi va tashvishlanadi, bu esa ko'pincha ijtimoiylashuvida, ya’ni jamiyatga moslashuvida qiyinchiliklarga olib keladi. Odamovi bolada uning atrofidagi kishilar bilan muloqot qilish uchun deyarli hech qanday intilish bo’lmaydi.U yakkalanib qoladi va muloqotga, ijtimoiy o'zaro munosabatga muhtojlik sezmaydi. Agar uyatchan bolalarni boshqalar bilan to'g'ri muloqot qilishga, o'zlarini yengishga, muloqotdan qo'rqmaslikka o'rgatish kerak bo'lsa, odamovi bolalarni esa o'zaro munosabatga kirishishga undash bilan, ularda muloqot qilish istagini uyg'otish kerak bo’ladi. Odatda, ota-onalar farzandlarida sharoitga moslasha olmaslik xususiyati mavjudligidan xavotirga tushadilar. Bolakay haqiqatdan ham odamovi bo’lib o’sayaptimi yoki yo'qligini aniq bilish uchun bu holatning namoyon bo'lish belgilari bilan tanishib chiqish kerak.

 Bolalardagi odamovilikning namoyon bo’lishining asosiy belgilarini ko'rib chiqamiz:

Indamaslik. Odamovi bola o'z ta’assurotlari va fikrlari bilan o'rtoqlashmasdan, juda oz, va faqatgina mohiyati bo’yicha gapiradi. Har bir hakatlarini o’ylab qiladi. Agar bolani kuzatsangiz, u har qanday ishni oldindan rejalashtirgandek tuyulishi mumkin (va bu haqiqatan ham shunday), uning harakatlarida spontanlik (tasodifan bajaradigan ishlar) yo'q.

Ehtiyotkorlik. Bola o’ziga ishonmaydi, yangi narsalardan qo'rqadi. Kompaniyalarda ko'pgina begona kishilarning bo’lishi uni ruhiy noqulaylikka olib keladi.

Boshqalardan chetlashganlik. Bolalar bog'chasida, maktabda yoki o'yin maydonida tengdoshlar bilan muloqot jimgina kuzatish yoki boshqalarga nisbatan butunlay e'tiborsiz bo’lish bilan tugaydi.

Bolaning do’stlar doirasi juda tor va ko'pincha hattoki yaqin do'stini hamko’rishishni xohlamaydi. O'z fikrlarini jamoatchilik oldida ifodalashga qodir emas. Bola har qanday og'zaki chiqishlargaqiyinchilik bilan erishadi, og'ir stress holatini his qiladi. Bunday holda boladayozma nutqiyaxshi rivojlangan bo'lishi mumkin.

Ichidagini hech kim bilan bo’lishmaslik.

Bolaga qaraganingizda uning ichida his-tuyg'u va fikrlar jo’shqin urayotganini sezish mumkin, lekin u hatto onasi bilan ham bo'lishishga shoshilmaydi.Ko'pincha odamovi bolalar to'g'ridan-to'g'ri ko'z bilan aloqa qilishdan qochadilar va shuning uchun suhbatdoshning ko'ziga deyarli hech qachon tik qaramaydilar. Ushbu bolakaylarning aksariyati jonli tarzda imo-ishoralar qilmaydilar; ko'pincha ularning tana harakatlari erkin emas, qo'llari esa doimo tana bo'ylab pastga tushib ketadi yoki qovushtirilgan holda bo’ladi.

Bolalardagi odamovilikning mumkin bo'lgan sabablari

Ehtimol, bola nozik ruhiy tuzilmaga ega bo’lishi mumkin. Uning ko’ngli nozik bo’lib, shaxsiy dunyosining chegaralarini belgilashga harakat qiladi. Buning ajablanarli joyi yo'q, ayniqsa, uning ota-onasi ham xuddi shu tarzda o’zlarini tutsalar (masalan, uyga kelganlarida oilaviy muloqot o'rniga, ular gadjetlarga sho’ng’ib ketadilar, shunday tarzda qiyin o’tgan kundan keyin dam olishadi).

Bolalar tashqi olam bilan taqlid orqali muloqot qilishni o'rganadilar; ular ko'pincha ota-onalarining odatlarini o’zlarida mujassamlab, ularning xulq-atvorini qaytaradilar. Odamovilikning boshqa keng tarqalgan sabablariga quyidagilarni kiritish mumkin: o'ziga ishonmaslik; noto'g'ri tushunishlaridan va mojaroli vaziyatga to’qnashishdan qo'rqish; erta bolalik davrida shakllangan tor muloqot doirasi; uzoq muddatli kasallik, u bu vaqt davomida do’stona munosabatlarni esidan chiqarib yuborgan bo’lishi mumkin; bolani doimiy nazorat qilish, uning shaxsiy chegaralarini buzish; ruhiy jarohatlanish (yaqinlarining kasalligi yoki o'limi, ota-onasining ajralishi).

Odamovilikning sababi o'tmishda sodir bo'lgan noxush holat ham bo'lishi mumkin. Misol uchun, bola chin dildan o'z his-tuyg'ularini ifodalaganda uning ustidan kulgan bo’lishlari mumkin.  Yaqinlari tomondan sovuq munosabat va haddan ziyod qattiq tarbiya qilish ham odamovilikka sabab bo'lishi mumkin.

Bolalardagi odamovilik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Bolalik yillari hayajon va kechinmalarga to'la. Bu shaxsiy shakllanish davri, tengdoshlar bilan aloqa o'rnatish va jamoada o'z o’rnini topish. Odamovillik to'la qonli aloqalarni yo'lga qo'yishda jiddiy to'siq bo'lishi mumkin va ijtimoiy chetlanishlarga olib kelishi mumkin.

Odamovi bola voyaga yetgan davrida odamlar bilan mustahkam ishonch munosabatlarini o'rnatishi, shaxsiy hayotini yo’lga qo’yishi, martaba zinapoyasidan ko'tarilishi qiyin bo’ladi. Ortib borayotan o’ziga ishonchsizlik, qoqilishdan qo'rqish, o'z-o'zini ifodalashning imkoni yo’qligi tushkunlikka tushish va boshqa halokatli holatlarning sababchisi bo'lishi mumkin.

Davomi bor...