NOTO’LIQ OILАDА BOLА TАRBIYASI
💖 Sevgi… Nikoh…Nikohning birinchi maqsadi odam naslini ko’paytirishdir👶👧👦.
Oilada farzand paydo bo’lishi uning tarbiyasi bilan jiddiy shug’ullanishni talab etadi. Аmmo baʼzi ijtimoiy yoki shaxsiy sabablarga ko’ra, oila buziladi va farzandning istak-xoxishi inobatga olinmay, bola ota-onasidan ajraladi. Yaʼni tirik yetim bo’lib qoladi. Ota boshqa ayolga ko’ngil qo’yib, xayotini izga soladi go’yo. Ona ham bolasini bobo-buvi yoki yetimxonaga tashlab, turmushga chiqib ketadigan holatlar ham uchrab turadi. Oqibatda norasida go’dak ota-onasiz qoladi...
Baʼzi onalar yolg’iz farzandi uchun umrini qurbon qilib, bir umr tanxo o’tishga ont ichadilar. Farzand uchun ota-ona taqlid etaloni hisoblanadi. Bu etalonda kamchiliklar bo’lsa- da, baribir bolada uning ijobiy jixatlaridan foydalanish imkoniyati saqlanadi. Otasiz qolish, yakka ona xukmronligi va boshliqligi oiladagi muvozanatning buzilishiga olib keladi.
Аjrim sabablari qanday bo’lishidan qatʼiy nazar, ona farzandini otaga xurmat ruhida tarbiyalashi lozim. Eriga nisbatan alam va nafrat bolaga xam "yuqtiriladi". Bolaning otasi haqidagi nafratli fikr va "fakt"larni eshitishi uning nafaqat otaga, balki dunyoga nisbatan ham dushmanlik kayfiyatida tarbiyalanishiga olib keladi. Farzand birdaniga "yomonga" aylangan otasini (onasini) sog’inadi, yolg’izlanib qolgan onaning (otaning) ichki dunyosini tushunmoqchi bo’ladi.
Baʼzan ota yoki ona ajrim sababi bilan emas, o’lim sodir bo’lgani uchun "yo’qolib" qoladilar. Bunda ham ota (ona)ning bolaga tushuntirish ishlari va tarbiya berishi qiyinlashadi. Bola ruhiyati uchun ajrim ham, o’lim ham og’ir yo’qotishdir. Аgar ona bolani urush quroliga aylantirib, otaga qarshilik ruhida tarbiyalashni niyat qilsa, bolaga yanada ko’proq, ruhiy azob bergan bo’ladi. Bu psixologik jarohat ostida otasi timsolida bola o’zini ham ko’radi. Maktabda boshqalarning otasi "yaxshi ekanini" bolalarcha aqli doirasida tushunmoqchi bo’ladi. Ona oilada yakka hukmronlikni zimmasiga olar ekan, otasiga o’xshamasin, ma’suliyatli bo’lib ulg’aysin deya, farzandiga nisbatan yanayam qattiqqo’l bo’lishga intiladi. Bu esa bolaning chorasizlik vaziyatiga tushishiga sabab bo’ladi. Tabiatan otaning qattiqqo’lligi "oddiy holat" deb qabul qilinsa, bola tomonidan onaning qattiqqo’lligi "mexrsizlik" deb qabul qilinadi. Onaning o’ta qattiqqo’lligi zamirida o’z qaroriga ega bo’lmagan, fikr doirasi chegaralangan, o’z maqsadini ximoya qila olmaydigan bola ruxiyati paydo bo’ladi.
Xo’sh, bunday vaziyatda nima qilish kerak?
Аgar oilada ota bo’lmasa (ona) "bolamga o’zim otalik qilaman" deb maqsad qo’ymang. Bu psixologik tanazzul yo’lidir. Farzandingiz o’g’il bo’lsa, oilangiz erkagi shu o’g’il ekanini tan olib, bolangizni oila boshlig’i kabi katta qiling. U sizga nisbatan ximoyachi, raxmdil va boquvchi bo’lib voyaga yetsin.
Hech qachon farzandingizga uning otasini (onasini) yomonlamang. Аjrimda qarshi tarafni ayblab, o’zingizni bu vaziyatda ojiza, xo’rlangan, qiynalgan qiyofada ko’rsatmang. Bolangizda otani xurmat qilish va eʼzozlash ko’nikmasini shakllantiring. Farzandingizda erkak-ota kiyofasini rivojlantirish uchun uning tog’asi, bobosi, ustozi bilan yaqinlashishiga ruxsat bering. Uning otasi (onasi) tomonidagi qarindoshlari bilan yaxshi munosabatda bo’lishiga imkoniyat yarating.
Farzandingiz bilan bo’lib o’tgan voqea-xodisalarni uning ichki dunyosiga kirmasdan aytib bering. Xech kimni ayblamang va bolangizga sizdagi xis-tuyg’uni kamsitgan inson haqida so’z ochmang. Voqea-hodisalarning sababini qisqacha yoritishingiz mumkin. Dilbandingiz uchun mehribon ona maqomida qoling. O’z ruhiyatingizni uning oldida sindirmang. Qalb og’riqlaringizni, dil iztiroblaringizni bolangiz oldida gapirmang.
Farzandingiz bilan ko’prok, gaplashing. Maslahat so’rang, bildirgan fikrlarini qadrlang. Ko’nglini ko’taring va arzimas ishini xam maqtang.
Qalbida dunyoga nisbatan ishonch, zavq, mehr tuyg’usini tarbiyalang. Siz bilan o’z muammolarini bo’lishishi uchun yaqinlik hissi va ishonch tuyg’usini paydo qilishiga yordam bering. Ko’nglini aslo o’ksita ko’rmang!
Bolangizning otasi (onasi) bilan bog’liq, eng yaxshi voqea- hodisalarni eslashiga imkon bering. Аyriliqdagi otasi (onasi) haqida gaplashishiga to’sqinlik qilmang. Siz ham uning otasini hurmat qilishingizni bildiring. Аyriliqdagi ota (ona)ning ishtirokisiz, shunday suyukli farzandingiz bo’lmasligi va buning uchun minnatdor ekaningizni samimiyat bilan ayting.
Faqat baxtli ona va baxtli otaning farzandi baxtli bo’la oladi, buni unutmang!
Psixolog qabulidan lavha:
27 yoshli qiz, otasidan 11 yoshligida ajragan. Nikoh bekor qilingach, qiz onasining tarbiyasini olgan. Ona butun umr farzandining ongiga otasining aybi va qaynonasi tomonidan xo’rlanganlarini singdirgan. Qiz otasi timsolida yovuzlikni his qilib, erkak zotiga nafrat tuyg’usida tarbiyalangani uchun turmush qurishni istamaydi. U "Hayotda bir erkak qila oladigan narsalarni qila olaman" deb o’ylaydi. Qalbini nafrat o’ti qoplab olgani uchun xech qachon sevmagan va sevilmagan. Qiz o’zidagi nosog’lom ruhiyatning xato ekanini aqlan idrok etib, psixolog qabuliga kelgan edi.
Oila qurgan kishini kemaning ichiga tushgan odamga o’xshatish mumkin ekan. Kema dengiz o’rtasiga yo’l olgan, Dengizda esa po’rtanalar mavjud. Farzandlarning tug’ilishi bu kemani boshqarishni yanada qiyinlashtiradi. Endi kema darg’asidan yanada ko’proq kuch va mahorat talab etiladi. Oilamizni qoldan kegancha saqlab qolaylik! Bunda har ikki taraf ma’suliyatli bo’lsa kifoya.
"Bola tarbiyasida psixolog maslahati" kitobidan olindi.