BOLALAR PSIXOLOGIYASI
August 12, 2020

Bola nega qochib ketadi?

"Oilada urush-janjal bo'lsa, o'z uyidan bezor bo'lsa, bola uydan qochib ketadi", - deb o'ylashadi. Statistikaga qaralsa, oilaning qandayligi emas, nazorat va e'tiborning yo'qligi bolani beboshlikka yetaklaydi. Maktabdan keyin musiqa darslariga qatnagan bola o'rtoqlari bilan juda o'ynagisi keldiki, uyga biroz kechikib borishni afzal ko'rdi. Nega bu holat yuz berdi? Bola bilan dildan suxbat qurilmagani, bolaning ota-ona ixtiyori bilan har xil to'garaklarga berilishi uning erkin o'sishi o'rtoqlari bilan o'ynash istagiga qarshi chiqdi. Farzandingiz miyasidagi erkinlikni paydo qilish lozim. U o'ziga yoqqan ehtiyojni sizga bildirishdan qo'rqmasligi kerak. Kunini sizning yordamingizda o'zi rejalashtirishni o'rganishi kerak. Butun umir bolangizning kun rejasini tuzib bermaysiz-ku.

Farzandingizni ichki dunyosini bilmaslik g'alayonni sezmay qolishdir. Bola o'ziga yoqmagan tarbiyaga, muhitga, munosabatga g'alayon ko'taradi. Har doim yodingizda bo'lsin, bola uydan qochmaydi, uydagi munosabatdan qochadi. Bola o'ziga shu yo'sinda e'tibor paydo qilmoqchi bo'ladi. Bola tanlagan yo'l noto'g'ri, ammo uning ichidagi g'alayon ham shunchalik kuchga ega. Ba'zan ma'suliyatsizlik bilan o'rtog'inikida o'ynab vaqt o'tganini bilmay qolib ketish hollari ham bo'lib turadi. Bu ma'suliyatsizlikni urish va tahqirlash, haqoratli yo'l bilan emas, ertak va hikoyalar aytib, suratlarni birga chizish yo'li bilan tarbiyalash ko'proq natija beradi.

©️ PSIXOLOG ZEBINISO AHMEDOVA